4-kazus
Давлат харидлари жараёнида иштирокчи “Л” давлат буюртмачиси қарор қабул қилинишига таъсир ўтказиш мақсадида давлат буюртмачисининг собиқ мансабдор шахсига совға таклиф қилгани учун махсус ахборот портали оператори иштирокчи “Л”ни харид қилиш тартиб-таомилларида иштирок этишдан четлатади.
Давлат харидлари иштирокчиси “Л” бундай харакатлари устидан шикоят қилади. Негаки совға давлат буюртмачисининг собиқ мансабдор шахсига берилган.
Казус юзасидан саволлар:
1. Иштирокчини харид қилиш тартиб-таомилларида иштирок этишдан четлатиш асосли бўлганми ?
2. Давлат буюртмачисининг собиқ мансабдор шахсига берилган совға давлат харидларидан четлаштириш асослими ?
Bizga berilgan kazusdagi holatda davlat xaridlari jarayonidagi ishtirokchi boʻlgan L ismli shaxs davlat buyurtmachisiga taxmin qilishimcha oʻz manfaatini koʻzlagan holda ma’lum bir qaror qabul qilishiga ta’sir oʻtkazish maqsadida davlat buyurtmachisining sobiq mansabdor shaxsiga sovgʻa taklif qilish orqali oʻz maqsadiga erishmoqchi boʻlgani uchun maxsus axborot portali operatori tomonidan ishtirokchi L ismli shaxsni xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatgan. Endi esa mazkur holat yuzasidan qanday huquqiy qoidalar asosida chetlatilganligini yoritib oʻtsak. Ushbu vaziyatda eng kerakligi L ismli shaxsni sovgʻa miqdori uchunmi, manfaatlar to’qnashuvimi yoki korrupsiya tufayli chetlatilganligini bilish maqsadida yuqorida aytib oʻtilgan sababga tegishli qonunlarni birma-bir tahlil qilib oʻtsak hamda mazkur holatga qaysi moddalar toʻgʻri kelishini aniqlab olsak maqsadga muvofiq boʻladi.
Endi esa qonunlarga nazar solsak ya’ni Davlat fuqarolik xizmatida sovgʻa olish va uning qiymati toʻgʻrisidagi ba’zi qonunlarga nazar solsak. Bu toʻgʻrisida “ Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi” qonunning 18-moddasida:
„Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk yoki davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a’zolariga) beg‘araz ko‘rsatilgan xizmat sovg‘a hisoblanadi;
Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovg‘alar olish taqiqlanadi. Bundan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovg‘alar, shuningdek musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovg‘alar mustasno;
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.1“
Ushbu moddani koʻrib chiqdik, ammo bu moddaning birinchi qismi karrupsiya bilan bogʻliq holat emas va mazkur sovgʻalarning ham oʻz miqdori mavjud. Mazkur holatlarni “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi“ orqali belgilanadi. Agar mazkur moddani ikkinchi qismining birinchi gapida aytilganidek vaziyat esa korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Hamda mazkur vaziyatdagi qahramonimiz L ismli shaxs esa oʻz ishini bitirib olish maqsadida bermoqchi boʻlgan edi. Endi esa kazusdagi holat boʻyicha boshqa bir qonunlarni koʻrib chiqsak.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida quyidagicha keltirib o‘tilgan:
„Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari o‘zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
Davlat organlarining maxsus bo‘linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar to‘qnashuvini hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.2“
Mazkur moddani ham ko‘rib chiqdik, endi tahlil qilsak. Avvalo manfaatlar to‘qnashuvi aslida qanday tushuncha ekanligini yoritib o‘tsak. Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat. Ushbu kazusda muammoli vaziyatdagi L ismli shaxs o‘z manfaatlarini ko‘zlab sovg‘a taklif qilingandi uni maxsus axborot portali operatori bu shaxs haqida xabar topdi bunga sabab yuqorida keltirib o‘tilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasi edi, chunki unda aytilishicha, agarda manfaatlar to‘qnashuvi holati yuzaga kelsa, davlat organlarining xodimlari darhol o‘zining rahbarini xabardor qilishi lozim. Muammoli vaziyatimizda ham rahbar bu haqida xabar topdi.
Endi esa karrupsiya holatini ko‘rib chiqamiz. “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonunning 13-moddasida quyidagicha keltirib o‘tilgan:
„Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazishga doir talablar davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor bo‘ladi.
Davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashi kerak.
Davlat xaridlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik:
insofli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini;
monitoring va nazorat o‘tkazishning, shu jumladan ichki monitoring va nazorat o‘tkazishning samarali tizimi yaratilishini;
ushbu Qonun va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborotning ochiq manbalarida e’lon qilib borilishini;
davlat xaridlari tartib-taomillari ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.3
Muammoli vaziyatga qaytadigan bo‘lsak. Bu vaziyatdan yaqqol ko‘rinib turibdiki korrupsiya holati amalga oshirilgan. Sababini ko‘rsatib o‘tishdan oldin karrupsiya tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, korrupsiya – (lotincha corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi.
Ishtirokchini chetlatilganlining asosiy sababi bu sovgʻa orqali korrupsiyaviy harakat qilganligidir. Chunki bu vaziyatda L ismli shaxs sovgʻa berish orqali oʻz manfaatlarini koʻzlagan edi, bu esa yaqqol korrupsiya holatidir. Bu holat esa turli qonunlar bilanm taqiqlangan. Bu vaziyatda maxsus axborot operatori tomonidan L ismli ishtirokchini chetlatish huquqi mavjudmidi degan savol ham bor edi, bu savolga qoʻrqmay “ha” desa boʻladi chunki bu operatorga berilgan huquqlardan biri hisoblanadi. Mazkur huquq qonunda oʻz aksini topgan, bu esa “Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida tasdiqlangan. Ular quyidagicha izohlanadi:
“Operator quyidagi huquqlarga ega:
portalga joylashtiriladigan fayllarga nisbatan texnologik talablar, shuningdek, axborot xavfsizligi bo‘yicha talablar o‘rnatishga;
buyurtmachi tomonidan xaridlarni amalga oshirish to‘g‘risida e’lon va xaridlar reja-jadvallar joylashtirilmagan hollarda, xaridlarni amalga oshirish natijalari haqidagi axborotni chop etish.
Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
ishtirokchi, ijrochi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi bo‘lishga;
davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
o‘tkazib beriladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilik hujjatlarida yoki kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;
davlat xaridlari subyektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini o‘zgartirishga haqli emas”.
Mazkur qonundan koʻrinib turibdiki maxsus axborot portali operatori L ismli shaxsni oʻz vakolati doirasida chetlashtirgan, sababi esa korrupsion holat.
Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash kerakki, ushbu vaziyatda yaqqol korrupsiya holati mavjud. Chunki L ismli shaxsning sovgʻani berishdan asosiy maqsadi oʻlaroq u oʻzining shaxsiy manfaatini koʻzlagan edi. Agarda uning shaxsiy manfaati koʻzlanmaganda edi u korrupsion holat deb topilmas edi. Bu yerda L ismli ishtirokchini chetlashtirish asoslimi degan savolga javob tariqasida aytadigan boʻlsak yuqorida aytib oʻtganimdek L ismli shaxs bu vaziyatda uning oʻz shaxsiy manfaatlarini koʻzlagan holda qoʻshtirnoq ostidagi sovgʻani sobiq mansabdorga shaxsga taklif qilganligida hamda shuning uchun ham u bu ishdan maxsus axborot operatori tomonidan chetlashtirildi. Bu chetlashtirish yuqorida keltirib oʻtilgan qonun bilan toʻla asosli.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar:
1) www.lex.uz “Davlat maxsus axborot portal to’g’risida”gi qonun
2) www.lex.uz “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonun
3) www.lex.uz “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni
4) www.lex.uz “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi” qonuni
Dostları ilə paylaş: |