1.1.1- §. Hodisalar va ularning turlari Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri “tajriba” va tajriba natijasida ro’y berishi mumkin bo’lgan “hodisa” tushunchasidir. Tajriba hodisani ro’yobga keltiruvchi shartlar majmui (shartlar kompleksi) ning bajarilishini ta’minlashdan iboratdir. Tajribadan tajribaga o’tganda ro’y berayotgan hodisalar o’zgarib turadigan hollar hayotda keng miqyosda uchrab turadi, bu yerda, albatta, tajribani vujudga keltiruvchi shartlar majmui (kompleksi) o’zgarmas hollar tushuniladi.
Tajriba o’tkazda, ma’lum S kompleks shartlar o’zgarmas bo’lishi talab qilinadi. Tajribaning natijasiga hodisa deb qaraymiz.
Ishonchli (muqarrar) hodisa deb, ma’lum S kompleks shartlar bajarilganda ro’y berishi oldindan aniq bo’lgan hodisaga aytiladi.
1-misol. Normal atmosfera bosimida harorati 00 dan 1000 gacha bo’lgan suvni suyuq, 1000 dan yuqori haroratda gaz holatida bo’lishi va 00 dan past haroratda qattiq bo’lishi ishonchli hodisalar.
2-misol. Yashikda hammasi oliy sifatli mahsulotlar bo’lsin. Yashikdan tasodifiy olingan mahsulotning oliy sifatli bo’lishi ishonchsiz hodisa.
Ishonchsiz (mumkin bo’lmagan) hodisa deb, ma’lum S kompleks shartlar bajarilganda, ro’y bermasligi oldindan aniq bo’lgan hodisaga aytiladi.
3-misol. Normal atmosfera bosimida 200 haroratda suvni qattiq bo’lishi ishonchsiz hodisa.
4-misol. Yashikda hammasi oliy sifatli mahsulotlar bo’lsin. Yashikdan tasodifiy olingan mahsulotning yaroqsiz bo’lishi ishonchsiz hodisa.
Tasodifiy hodisa deb, ma’lum kompleks shartlar bajarilganda ro’y berishi yoki ro’y bermasligi oldindan aniq bo’lmagan hodisaga aytiladi.
Tasodifiy hodisalar, odatda, lotin alfavitining bosh harflari ,… lar bilan belgilanadi.
5-misol. Simmetrik, bir jinsli tangani tashlaganimizda gerb tomoni yoki raqam tomoni tushishi tasodifiy hodisa.
6-misol. Tomonlari birdan oltigacha nomerlangan o’yin kubini tashlaganimizda juft raqam yoki toq raqam yozilgan tomoni tushishi tasodifiy hodisa.
7-misol. Har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli yoki sifatsiz bo’lishi tasodifiy hodisa.
1-ta’rif. Har bir sinashda hodisani ro’y berishi boshqalarining ro’y berishini inkor etsa, bunday hodisalarga birga ro’y bermas hodisalar deyiladi.