65
Yer yuzidan 5,4 km balandlikda havoning zichligi uning Yer yuzidagi
zichligidan 2 marta kichik, 11 km balandlikda 4 marta kichik bo‘ladi.
Yuqorilashgan
sari havo siyraklasha borib, asta-sekin havosiz fazoga
o‘tadi. Atmosferaning aniq chegarasi yo‘q. Havoni tashkil etgan
zarralar og‘irlikka ega bo‘lsa, nima sababdan ularning hammasi Yer
sirtiga tushib qolmaydi?
Sababi shundaki, ular to‘xtovsiz harakatda
bo‘ladi. Unda nima sababdan raketa kabi ochiq kosmosga uchib
ketmaydi? Gap shundaki, havo zarralarining tezligi Yer tortish kuchini
yengish ga yetmaydi. Buning uchun ularning tezligi 11,2
dan kam
bo‘lmasligi kerak.
Atmosfera bosimining mavjudligiga
quyidagi tajriba
larni o‘tkazib
ishonch hosil qilish mumkin.
36-rasm.
35-rasm.
p
2
1
p
p
Ishlatilgan tibbiyot shpritsini olib,
porshenini eng quyi holatga keltirib, igna
uchini suvga tushi
ramiz. Porshen yuqoriga
ko‘tarilsa, suv ham porshen ortidan ko‘
tariladi (35-
rasm). Suv nima sababdan ko‘tari
ladi? Ko‘zga dori
tomizishda ishlatila
digan tomizgich (pipetka) uchini
suvga
tushirib, orqa rezinasini bir siqib olinsa,
pipetka ichiga suv kiradi. Pipet
ka suvdan olinganda,
undagi suv to‘kil
masdan turadi.
Nega suvning
og‘irligi bo‘lsa ham suv to‘kilmaydi?
Bularning sababi, atmosfera bosimining ta’siridir.
Shprits porsheni ko‘taril
ganda, suv ko‘tarilmasa,
porshen va suv orasida bo‘shliq paydo bo‘lar edi.
Bo‘shliq suvga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Pastdagi idishdagi suvga atmosfera bosimi ta’sir
ko‘rsatib, suvni porshen orqasidan ko‘tarilishga
majbur qiladi. Pipetkadagi suv ham atmosfera
bosimi tufayli to‘kilmaydi.
Atmosfera bosimini birinchi marta italiyalik
olim E. Torrichelli (1608–1647-y.) o‘lchagan. Buning
uchun uzunligi 1 m bo‘lgan
bir uchi berk shisha
nay olinib, uni simob bilan to‘ldiriladi. So‘ngra
ochiq uchini qo‘l bilan berkitib, to‘nkarilgan
holda, simobli idishga tushiriladi (36-rasm). Barmoq olinganda shisha
naydagi simobning bir qismi to‘kiladi. Nayning
yuqori qismida havosiz
66
bo‘shliq qolib, to‘kilmagan qismining balandligi taxminan 760
mm
bo‘ladi (pastki idishdagi simob sathidan o‘lchanganda). Bunda ham
naydagi simobning to‘kilmasligiga sabab, simob ustunining idishdagi
simobga bergan bosimining atmosfera bosimi bilan muvozanatlashishidir.
Demak, atmosfera bosimini naychadagi simob
ustuni bergan bosim
bilan o‘lchash mumkin ekan. Hozirgi kunda 0°C da turgan balandligi
760
mm bo‘lgan simob ustunining bosimi
Yüklə
Dostları ilə paylaş: