Kegl cc pechat indd


səhifə71/197
tarix28.03.2022
ölçüsü
#54287
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   197
fizika 6 uzb @darsliklar bot

normal atmosfera bosimi 
sifatida qabul qilingan. Uning qiymati 1 atm = 101325 Pa ga teng. Radio 
yoki televideniyada ob-havo ma’lumotlari berilganda, atmosfera bosimini 
mm. sim. ust. larida ifodalab aytiladi. 1 Pa  =  0,0075 mm. · sim.ust yoki 1 
mm.sim.ust = 133,3  Pa.
Torrichelli o‘z tajribasida naychadagi simob ustunining ob-havo 
o‘zgarishi bilan o‘zgarishiga e’tibor bergan. Bundan tashqari, atmosfera 
bosimi balandlik ortishi bilan ham kamayib boradi. Uncha katta 
bo‘lmagan balandliklarda har 12 m ko‘tarilganda, bosim 1 mm sim. 
ust. ga kamayishi aniqlangan.
Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbobga 
barometr deyiladi. Torri-
chelli tajribasini simob o‘rniga boshqa suyuqlik bilan o‘tkazilsa nima 
bo‘ladi? Boshqa suyuqliklarning zichligi simobnikidan ancha kichik 
bo‘lganligidan, suyuqlik ustunining balandligi katta bo‘ladi. Shunday 
suvli barometrda suyuqlik ustunining balandligi 10 m dan ko‘p bo‘ladi.
 37-rasm. 
38-rasm.
Atmosfera bosimiga nisbatan kattaroq yoki kichikroq bo 
simlarni 
o‘lchashda 
manometrdan foydalaniladi. Mano 
metrlar suyuqlikli va 
metalli bo‘ladi.
Suyuqlikda ishlaydigan oddiy manometr U ko‘rinishdagi naydan 
iborat bo‘lib, uning yarmigacha suyuqlik quyiladi (37-rasm). Nayning 
bir uchi ochiq, ikkinchisi esa bosimi o‘lchanadigan idishga rezina 
shlang orqali ulanadi. Shlang uchiga silindr shaklida idish kiydirilib 


67
yupqa rezina plyonka qoplanishi ham mumkin. Plyonkaga bosilsa, 
naylardagi suyuqlik ustunlari farqi hosil bo‘ladi.
Metall  manometrning  asosiy  elementi  (1)  yoy  shaklidagi  nay 
bo‘lib, bir uchi berk (38-rasm). Ikkinchi uchi (4) jo‘mrak orqali 
bosim o‘lchanadigan idishga tutashtirilgan. Jo‘mrak ochilganda nay 
ichidagi bosim ortib egiladi. Egilish richag (5) va tishli g‘ildiraklar 
(3) orqali strelkaga (2) beriladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin