Kegl cc pechat indd


Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uni dastlabki


səhifə93/197
tarix28.03.2022
ölçüsü
#54287
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197
fizika 6 uzb @darsliklar bot

Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uni dastlabki 
holatiga qaytaruvchi kuch hosil bo‘ladigan muvozanatga turgun 
muvozanat deyiladi (52-a rasm).
Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda, uni muvozanat 
hola tidan yanada ko‘proq uzoqlashtiradigan kuch hosil bo‘ladigan 
muvo zanatga turgunmas muvozanat deyiladi (52-b rasm).
 
a
b
d)
52-rasm.


86
Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda uning holatini 
o‘zgartiradi gan hech qanday kuch hosil bo‘lmasa,  farqsiz muvozanat 
deyiladi (52-d rasm).
Shunday tajriba o‘tkazaylik. Fizika darsligini olib, uning tagiga 
chizg‘ichni qo‘yaylik. Chizg‘ichni bir uchidan sekin ko‘tara 
boshlaylik (53-a, b rasm). Shunda chizg‘ich stol bilan ma’lum 
bir burchak hosil qilganda kitob ag‘darilib tushadi. Demak, jismning 
muvozanatda bo‘lishi tayanch holatiga ham bog‘liq ekan.
 
a
b
d)
53-rasm.
Tayanch yuzasiga ega bo‘lgan jismning og‘irlik markazidan o‘t 
kazilgan 
vertikal  chiziq  tayanch  yuzasidan  chiqib  ketsa,  jism  ag‘da riladi  (53-d 
rasm).
Demak, tayanch yuzasi qancha katta bo‘l 
sa, muvozanati shunchalik 
barqaror bo‘ladi.
1. Massa markazi deganda nima tushuniladi?
2. Jismlarning massa markazi amalda qanday aniqlanadi?
3. Ikkita bir xil to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan jismdan birining 
massa markazi tayanchdan hisoblanganda balandroq bo‘ldi. Bu 
jismlardan qaysi birining muvozanati turg‘unroq bo‘ladi?
4. Devorga o‘ng tomoningiz bilan suyanmasdan qapishib turing. 
Endi  chap  oyog‘ingizni  ko‘taring.  Bu  holatda  qola  olasizmi? 
Nega?
5. Nima sababdan ko‘pchilik yurganda qo‘lini silkitadi?


87

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin