80
30. Tutash idishlarga tegishli formulani ko‘rsating.
A)
p=ρgh. B)
F=ρ
s
gV
j
. C)
. D)
A= mgh.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz II bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosasi
bilan tanishasiz.
Kuch
Jismlarning o‘zaro ta’sirida tezliklarini yoki shaklini
o‘zgartiruvchi sabab. Kuch birligi nyuton (N).
Mexanik ha-
rakat
Jismlarning fazoda joylashgan o‘rnining vaqt o‘tishi bilan
boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi. Mexanik harakat
turlari: ilgari
lanma, aylanma, tebranma.
Ixtiyoriy teng
vaqtlar ichida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bir xil masofaga
ko‘chishga to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi. Har xil
masofaga ko‘chsa, notekis harakat bo‘ladi.
Tezlik
Vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘l:
,
s – bosib
o‘tilgan yo‘l;
t – vaqt. Tezlik birligi
.
Trayektoriya
Jismning harakat davomida fazoda qoldirgan izi.
Moddiy nuqta Shakli va o‘lchamlari hisobga olinmaydigan fizik jism.
Dinamometr
Kuchni o‘lchovchi asbob. Ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik,
gidravlik, elektrik turlarga bo‘linadi.
Sanoq
jismi
Ko‘rilayotgan harakat uchun qo‘zg‘almas bo‘lgan jism.
Qolgan jism larning harakati shu jismga nisbatan o‘rganiladi.
Tarozi
Jismlarning massasini aniqlaydigan asbob. Ishlash
prinsipiga ko‘ra shayinli,
prujinali, gidrostatik va h.k.
turlarda bo‘ladi.
Bosim
Yuzaga perpendikulyar yo‘nalgan kuchning shu yuzaga
nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik:
, XBS da birli-
gi
–
paskal (Pa). Undan tashqari millimetr simob ustuni,
normal atmosfera birliklarda ham o‘lchanadi. Normal at-
mosfera bosimi 1 atm = 760 mm.sim.ust = 101325 Pa.
Og‘irlik kuchi Jismni Yer o‘ziga tortadigan kuch.
Gidrostatik
bosim
Suyuqlikning idish tubiga beradigan bosimi:
p=ρgh;
ρ – suyuqlik zichligi;
h – suyuqlik ustuni balandligi.
81
Tutash
idishlar
Quyi tomondan suyuqlik o‘tadigan
nay bilan tutashgan
idishlar. Bir xil suyuqlik solingan tutash idishlarda,
suyuqlik sathlari teng bo‘ladi. Suv quvurlari tizimi,
choynaklar unga misol bo‘la oladi.
Paskal qonuni Suyuqlik yoki gazga berilgan tashqi bosim har tomonga
o‘zgarishsiz uzatiladi. Paskal qonuni asosida gidravlik press-
lar ishlaydi.
,
S
1
va
S
2
– pressdagi kichik va katta porshenlar yuzalari,
F
1
va
F
2
– pressdagi kichik va katta porshenlardagi kuch.
Manometr
Suyuqlik va gazlardagi bosimni o‘lchaydigan asbob.
Barometr
Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob.
Suyuqlik
barometrlarida suyuqlik ustunining bosimi atmosfera bosimi
bilan tenglashtiriladi. Suyuqliksiz (aneroid) barometr yupqa
metall qutining bosim ta’sirida siqilishiga asoslanib ishlaydi.
Atmosfera
bosimi
Yerni o‘rab turgan havo qobig‘ining Yer yuziga va undagi
barcha predmetlarga ko‘rsatadigan bosimi. Dengiz sathidan
boshlab o‘lchanadi. Undagi bosim 101325 Pa yoki 760 mm.
sim. ust. ga teng. Balandlik ortishi bilan kamayib boradi.
Arximed
kuchi
Suyuqlik yoki gazga botirilgan jismni suyuqlik yoki gaz
tomonidan yuqoriga itaruvchi kuch.
F
A
=
s
V
j
g;
F
A
–
Arximed
kuchi;
s
– suyuqlik zichligi;
V
j
– jismning suvga botgan
qismining hajmi; g = 9,81
.
Mexanik ish
O‘zgarmas
F kuch ta’sirida jismni kuch yo‘nalishida
s
masofaga siljitishda
F · s ko‘paytma bilan aniqlanadigan
kattalik.
A =
F · s. Ish birligi Joul (J).
Energiya
Jismlarning ish bajara olish qobiliyatini xarakterlovchi
kattalik.
Uning mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, atom
energiyasi kabi turlari bor. Energiya birligi Joul (J).
Mexanik energiya ikki turda: potensial va kinetik energiya
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
.
Quvvat
Bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga
nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik
. Quvvat
birligi 1 W (Watt).
82
2-jadval
№
Tezligi,
km/soat
№
Tezligi,
km/soat
1
Toshbaqa
0,5
13
Kenguru
48
2
May qo‘ng‘izi
11
14
Jirafa
51
3
Pashsha
18
15
Bo‘ri
55–60
4
Asalari
25
16
Qaldirg‘och
54–63
5
Chumchuq
35
17
Quyon
60
6
Ninachi
36
18
Kaptar
60–70
7
Ola kit
38–40
19
Lochin
64–77
8
Akula
40
20
Arslon
65
9
Ayiq
40
21
Qilich-baliq
80
10 Afrika fili
40
22
Afrika tuyaqushi
80
11 Ot
46
23
Jayron
95
12 Bug‘u
47
24
Qoplon
112
•
Xalqaro birliklar sistemasi
qabul qilinishidan oldin, katta
lik-
larni inson tanasining o‘lchamlari bilan solishtirib o‘lchashgan.
Masalan, O‘rta Osiyoda
gaz deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda
aniqlangan: 1) uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan qo‘l yelkasigacha
bo‘lgan masofa; 2) yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan
ko‘krak o‘rtasigacha yoki burun uchigacha bo‘lgan masofa; 3) yon
tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan
ikkinchi yelkagacha
bo‘lgan masofa.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: