Bosimni o'lchash asbob uskunalari. O'zi yozadigan manometrlar. Elektrik vakummetr



Yüklə 11,09 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix12.08.2023
ölçüsü11,09 Mb.
#139273
Mustaqil ish2



Bosimni o'lchash asbob 
uskunalari. O'zi 
yozadigan manometrlar. 
Elektrik vakummetr
Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va 
ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga 
ko'ra bosimni va 
siyraklanishni 


o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi:
barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan; manometrlar - 
ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; differensial manometrlar - 
bosimlar farqini o'lchash uchun vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash 
uchun mo'ljallangan;
manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan 
bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan.


Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, 
siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash 
uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar, 
tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi.
Ishlash usuliga ko'ra bosimni 
o'lchash uchun mo'ljallangan 
asboblar to'rt guruhga bo'linadi:
1.
Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan 
bosimsuyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan 
muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati 
aniqlanadi.


2.
Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lcha- nayotgan bosim turli 
konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil 
bo'ladigan kuch qiymati 
bilan aniqlanadi.
3.
Yuk porshenli manometrlar, 
ulardao'lchanayotgan bosim 
porshen massasi yoki 
qo'shimcha yuklar hosil 
qiladigan bosim bilan 
muvozanatlashadi.
4.
Elektrik manometrlarning 
ishlashi ma'lum 
materiallarning ularga tashqi 
bosim ta'sir etganda elektrik 
xususiyatlarining o'zgarishiga 
asoslangan.


SUYUQLIKLI MANOMETRLAR
Suyuqlikli manometrlar tuzilishining oddiyligi va yuqori 
aniqlikda o'lchashi bilan ajralib turadi. Ularning ishlashi ishchi 
suyuqlik sifatida qo'llaniladigan simob, suv, transformator moyi 
yoki spirt ustuni hosil qilgan tashqi bosim bilan 
muvozanatlashishga asoslangan.


U simon manometr 
U shaklida buklangan shisha trubkadan iborat bo'lib, shisha trubka ishchi suyuqlik bilan 
sathi ikkala trubkada ham bir xil balandlikka ega bo'ladi (ya'ni daraja ko'rsatkichining 0 
belgisida bo'ladi). Shisha trubkaning bir uchi bosimi P o'lchanishi kerak bo'lgan muhitga 
ulanadi, ikkinchi uchi esa atmosfera bilan tutashadi. Ko'rsatish darajasi bo'yicha hisob 
bajariladi.
U simon manometrlarning yuqori o'lchash chegarasi 10 kPa gacha bo'lib, o'lchash xatoligi 
2 % dan oshmaydi. U simon manometrlar siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun ham qo'llaniladi. Har bir 
o'lchashda ikki marta (ikki shkalada) hisob olib borilishi ularning kamchiligi 
hisoblanadi. Yuqoridagi kamchilik ikki xil turli diametrli idishdan iborat kosali 
manometrlarda qisman bartaraf etiladi


DEFORMATSION 
(PRUJINALI) 
MANOMETRLAR
Deformatsion (prujinali) manometrlarning ishlashi moddaning 
о
'lchanayotgan bosimi bilan sezgir elementlar deformatsiyalanishi 
(egilishi) natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlashishiga 
asoslangan. Chiziqli, burchak ko'rinishidagi deformatsiyalar asbobning 
ko'rsatuvchi yoki qayd etuvchi qismiga uzatiladi. Shu bilan bir qatorda bu 
o'zgarish masofaga uzatish uchun elektrik yoki pnevmatik signalga 
aylantirilishi mumkin.
Bu manometrlarda sezgir element sifatida bir va ko'p o'ramli prujinalar, 
egiluvchan membranalar va silfonlardan foydalaniladi


01
Silfonli manometrlarnmg ishlash usuli 
o'lchanayotgan bosimning ko'ndalangiga 
gofrirlangan yupqa devorli silindrik sig'im 
ko'rinishida tayyorlangan sezgir elementning egilish 
deformatsiyasi natijasida hosil bo'lgan kuch bilan 
muvozanatlanishiga asoslangan (41h,i rasm). 
Silfonlar chinni, bronzadan yoki zanglamaydigan 
chidamli po'latdan tayyorlanadi. Silfon devorining 
qalinligi 0,1...0.3 mm oralig'ida bo'ladi, diametri esa 
8 dan 150 mm gacha o'zgaradi. Amalda chiziqli 
elastiklik xarakteristikasiga ega. Silfonning 
qattiqligini oshirish uchun uning ichki qismiga vintli 
prujina joylashtiriladi
02
Yuk-porshenli manometrlarning 
ishlash usuli bosimni kalibrlangan 
yuklar bilan muvozanatlanishiga 
asoslangan. Ular yuqori bosimlarni 
(1000 MPa gacha) o'lchash uchun 
hamda namunaviy va nazorat 
asboblari sifatida ishlatiladi (aniqlik 
toifasi 0,02; 0,05; 0,2). Porshenli 
manometrlar texnik o'lchovlarda 
kam ishlatiladi.
03
Elektr manometrlar asosan yuqori 
chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali 
bosimlarni o'lchashda qo'llaniladi. 
Elektr manometrlarning ishlash 
usuli sezgir elementning bosim 
ta'sirida elektrik 
xarakteristikalarining o'zgarishiga 
asoslangan bo'ladi.


Quyidagi turlarga 
bo'linadi:
1.
P’ezoelektrik manometrlar.
2.
Induksion manometrlar.
3.
Tenzometrik manometrlar.
4.
Qarshilikli manometrlar.
5.
Sig'imli manometrlar.
6.
Induktiv manometrlar.


P’ezoelektrik manometrlarda turli xil kristall dielektrik 
materiallarning deformatsiyalanishi natijasida ularning 
yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'lishi (pezoelektrik 
effekt hodisasi) dan foydalaniladi. Bunday dielektriklar 
sifatida kvars, turmalin, bariy-titanatlar qo'llaniladi. Bu 
manometrlarning berilgan ta'sirni juda tezlik bilan 
sezishi ularning afzalligi hisoblanadi.
Induksion manometrlarda sezgir elementning egilishi 
natijasida hosil bo'ladigan bosim induksion o'zgartgich 
yordamida ikkilamchi asbobga uzatiladigan elektr 
signalga aylantiriladi.


Elektr 
manometrlarni ng 
yana bir turi 
Elektr manometrlarning yana bir turi - 
qarshilikning o'zgarishi hisobiga 
bosimni o'lchashda qo'llaniladigan 
tenzodatchiklardir. Tenzometrning 
ishlash usuli kuch yoki unga 
proporsional bo'lgan deformatsiyani 
deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim 
qarshiligining o'zgarishiga aylantirishdan iborat.
Tenzodatchik - diametri 0,02...0,05 mm bo'lgan manganin 
simdan tayyorlanib, sim bir-biriga yopishgan yupqa qog'oz 
orasiga sirtmoq shaklida joylashtiriladi. Simning uchlariga 
chiqish klemmalari ulanadi. Tenzometrning sezgir elementi 
elastik element yuzasiga yopishtirilib, bosim ta'sirida 
elastik element deformatsiyalanganda, manganin sim 
cho'ziladi va qarshiligi o'zgaradi. Tenzodatchik elektr 
ko'prik sxemasiga qarshilikni o'lchash uchun ulanadi. 
Ko'prikning shkalasi esa bosim birliklarida darajalanadi.


E'tiboringiz uchun rahmat!


Страница
ресурсов
https://www.elib.buxdu.uz

Yüklə 11,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin