9- MAVZU
Suyuqliklarda bosimni uzatilishi Paskal qonuni .
REJA.
1. Suyuqliklarda bosimni uzatilishi .
2. Paskal qonuni.
3. Gidrostatik mashinalar.
TAYANCH IBORALAR:
Paskal qonuni
Gidropress
Gidroakkumulyator
Gidroyuritma
Bosim mrkazi
Bosim kuchini qo’yilish nuqtasi
Gidrostatik bosim kuchi
Yuzaning static momenti
Suyuqliklarda bosimni uzatilishi .
Suyuqlik uzatiladigan barcha qurilmalarida qu’shimcha bosim berish talab qilinadi masalan suv quvurlarida , neft quvurlarida , gaz quvurlarida ,gidrostatik mashinalarda , gidroyuritmalarda suyuqlikka qo’shimcha bosim beriladi .Bu bosim eng avvalo suyuqlikning erkin sirtiga quyilishi kerak . Suyuqlikning erkin sirtiga qu’yilgan bosimni uning butun hajmiga qay tarzida , qanday miqdorda uzatilishini birinchi bo’lib Paskal aniqlagan .
Paskal qonuni
Suyuqlik solingan va og’zi porshenь bilan yopilgan idish olamiz. Suyuqlik erkin sirtidagi bosim ro bo’lsin. U holda biror A nuqtadagi absolyut bosim
pA =p0 + hA ga
V va S nuqtalarda esa
pV = r0 + hV, rS =r0 + hS
ga teng bo’ladi.
Agar porshenni VS masofaga (9.1-rasm) siljitsak, u holda suyuqlik erkin sirtidagi bosim ∆r ga o’zgaradi. Suyuqlikning solishtirma og’irligi bosim o’zgarishi bilan deyarlik o’zgarmaydi.
9.1-rasm. Paskalь qonunini tushuntirishga doir chizma
SHuning uchun A, V va S nuqtadagi bosim quyidagicha bo’ladi:
pA = p0 + ∆p + hA,
pV = p0 + ∆p + hV,
pS = p0 + ∆p + hS, (9.1)
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: suyuqlikka tashqaridan berilgan bosim suyuqliknning hamma nuqtalariga bir xil miqdorda tushadi (uzatiladi). Bu Paskalь qonuni sifatida ma’lum ko’pchilik gidromashinalarning tuzilishi va ishlashi ana shu qonunga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: |