Mavzu suyuqliklarda bosimni uzatilishi Paskal qonuni. Reja



Yüklə 75,85 Kb.
səhifə2/3
tarix31.10.2022
ölçüsü75,85 Kb.
#66923
1   2   3
Mavzu suyuqliklarda bosimni uzatilishi Paskal qonuni. Reja

.Gidrostatik mashinalar

Gidrostatikaning asosiy qonunlari asosida ishlaydigan mashinalar gidrostatik mashinalar deb ataladi. Ularda bosimning uzatilish qonuni (Paskalь qonuni) muhim rolь o’ynaydi. Bu mashinalarga gidropresslar, gidroakkumulyatorlar, damkratlar va boshqalar kiradi.


a) Gidropresslar. (4.2-rasm). Gidropresslardan gidrostatika qonunlari asosida katta kuchlarni hosil qilish uchun foydalaniladi. Bu narsa presslash, shtamplash, bolg’alash, materiallarni sinash va boshqa ishlar uchun (ishlatiladi) zarur. Gidropresslar diametrlari har xil, o’zaro tutashtirilgan ikki tsilindrdan iborat, birinchi kichik tsilindrda diametri d1, katta tsilindrda esa diametri d2 ga teng bo’lgan ikki porshenь harakatlanadi.
Kichik porshenga OAV richag orqali kuch qo’yiladi. Katta porshenga stol o’rnatilib, bu stol bilan D devor orasiga presslanuvchi buyum qo’yiladi. Richag qo’l bilan yoki dvigatelь yordamida harakatga keltiriladi.
Bu holda kichik porshenь kuch ta’sirida pastga qarab siljiydi va suyuqlikka bosim beradi. Bu bosim katta tsilindrga uzatiladi va natijada katta porshenь harakatga keladi. Bunday harakat stol ustidagi buyum D devorga taqalguncha davom etadi. Stolning bundan so’nggi ko’tarilishi natijasida buyum siqiladi va presslanadi.




9.2-rasm. Gidropressning sxemasi.

Aytilgan usul jismlarni faqat ko’tarish uchun kerak bo’lsa, u holda konstruktiv sxemada D devor bo’lmaydi. Bu holda bizning mashina gidrostatik ko’targichga, domkratga aylanadi. Endi gidropresslarda kuchlarning munosabatini topamiz. OAV richagning V uchiga Q kuch qo’yilgan bo’lsin, u holda kuch momenti uchun quyidagi tenglamani olamiz:




Q (a + b) = P1b (9.2)
Bu tenglamadan kichik porshenga ta’sir qiluvchi kuchni topamiz:



U holda kichik porshenь ostidagi suyuqlik bosimi quyidagiga teng bo’ladi:




. (9.3)
Katta porshen ostidagi bosim esa


(9.4)

Natijada katta porshenga ta’sir qiluvchi kuch quyidagicha topiladi:




(9.5)

bu yerda h-porshenlar ostki sirtlari orasidagi geometrik masofa.


Ko’p hollarda gidropresslarda gidrostatik bosim juda katta bo’lgani uchun h ni hisobga olmasa ham bo’ladi, ya’ni
( 9.6)
Bu sxema soddalashtirilgan bo’lib, xaqiqiy gidropresslarda juda ko’p yordamchi qismlar bo’ladi. Amalda gidropresslarda suyuqlikning porshenь va tsilindrlar orasidan sizib o’tishi, tutashtiruvchi Quvurlardagi qarshilik kuchi hisobiga katta porshenga ta’sir qiluvchi kuch yuqorida keltirilgan nazariy hisobdan farq qiladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:


(9.7)

bu yerda -yuqorida aytilgan xatoliklarni hisobga oluvchi koeffitsient bo’lib, u foydali ish koefftsienti deb ataladi.


Odatda bu koeffitsient qiymati 0,75 bilan 0,85 orasida bo’ladi.Keltirilgan hisobdan ko’rinib turibdiki, tsilindrlarning diametri va richagning yelkasini tanlab olish yo’li bilan juda katta kuchlar hosil qilinadi. Hozirgi vaqtda mavjud gidropresslarda 2500 t. gacha kuch hosil qilish mumkin.

Yüklə 75,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin