13
qilingan. Uzunlik namunasi platina-iridiy qotish-
masi (ikkita modda aralashmasi)dan yasal-
gan bo‘lib, Fransiyada saqlanadi (3-rasm).
3-rasm.
Kundalik turmushda
uzunligi metrdan ancha
katta yoki undan ancha kichik bo‘lgan jismlar
uchraydi. Masalan, suvda yashaydigan infuzoriya
deb ataluvchi juda
kichik jonivorning uzunligi
0,0002 m ga teng bo‘lsa, Yer ekvatorining uzunligi 40075696 m.
Bu kattaliklarni metrlarda ifodalash noqulay bo‘lganligidan,
metrga nisbatan 10, 100 va h.k. marta kichik (ularni ulushlari
deyiladi), hamda metrga nisbatan 10, 100 va h.k. marta katta
(ularni karrali deyiladi) birliklardan foydalaniladi. Masalan,
metrga
nisbatan 1000 marta katta bo‘lgan birlikni 1 kilometr deyiladi.
Bunda «kilometr» nomida paydo bo‘lgan «kilo» qo‘shimchasi bir
kattalikning ikkinchi kattalikdan necha marta katta ekanligini
ko‘rsatadi. Metrlarda ifodalangan kattalikni santimetrlarda ifodalash
uchun uning qiymatini 100 ga ko‘paytirish kerak. Bu holda
100 soni ko‘paytiruvchi deyiladi. Metrga nisbatan 1000 marta
kichik bo‘lgan
birlikni
–
millimetr, million marta kichik bo‘lgan
birlikni – mikrometr yoki qisqacha – mikron, milliard marta kichik
bo‘lsa – nanometr deyiladi.
Birlikka oid qo‘shimcha
Ko‘paytiruvchi
micro (
μ)
milli (m)
santi (s)
deci (d)
deka (da)
hekto (h)
kilo (k)
mega (M)
0,000001
0,001
0,01
0,1
10
100
1000
1000000
Agar ikkita fizik kattalik o‘zaro turli birliklarda ifodalangan
bo‘lsa, ularni solishtirishdan oldin bir xil birlikka keltirish zarur.
Masalan, bir o‘quvchining maktabdan uyigacha bo‘lgan masofasi 1 km,
ikkinchisiniki 1100 m bo‘lsin. Ulardan qaysi biri uzoqroqda yashaydi?
Ularni solishtirish uchun, bir xil birlikka keltirib olinadi:
1 km = 1000 m va 1000 m < 1100 m.
Shuni ta’kidlash joizki, bir jinsli bo‘lmagan kattaliklarni o‘zaro
solishtirish mumkin emas! Masalan, uzunlik bilan vaqtni yoki massa
bilan uzunlikni. Bunday solishtirish hech qanday ma’noga ega emas.
14
Vaqt etaloni sifatida dastlab Yerning o‘z o‘qi
atrofida bir marta
aylanishi uchun ketgan vaqtning
qismini bir sekund deb qabul
qilingan edi. Hozirgi kunda bir sekund
sifatida moddaning kichik
zarrasi – atom nurlanishidagi ma’lum davrni (yuqori sinfda keltiriladi)
olishga kelishilgan. Kundalik turmushda vaqtni ko‘rsatish uchun minut,
soat, sutka, hafta, oy va yil kabi birliklar ham ishlatiladi.
1. Fizik kattaliklar deganda nimani tushunasiz?
2. Jism fizik tushunchami yoki fizik kattalikmi?
3.
Qanday hollarda fizik kattalikni karrali yoki ulushlarda
ifodalash qulay?
4. Bir metr uzunlikka ega bo‘lgan yog‘och chizg‘ichni etalon
sifatida ishlatish mumkinmi?
5. 540 mm ni metrlarda ifodalang.
Dostları ilə paylaş: