Amaliy topshiriq Fizika kitobingizning bir varag‘i qalinligini aniqlang. (Yordam:
100 ta varaqning qalinligi chizg‘ich bilan o‘lchanadi. Natija 100 ga
bo‘linadi.)
7- MAVZU O‘LCHASHLAR VA O‘LCHASH ANIQLIGI Biz biror fizik kattalikni o‘lchamoqchi bo‘lsak, tegishli asbobdan
foydalanamiz. O‘lchov asboblarida o‘lchanadigan kattalikni
ko‘rsatadigan shkalasi bo‘ladi (2-
rasmdagi chizg‘ich, sekundomer,
shtangensirkul, menzurka). Shkalada shtrixlar chizilgan bo‘lib, ulardan
ayrimlarining ro‘parasiga raqamlar yozilgan. Raqamlar yozilgan ikki
qo‘shni shtrix orasida bir qancha raqamsiz, lekin kichik o‘lchamdagi
shtrixlar chizilgan bo‘ladi. Mana shu ikkita qo‘shni shtrix oralig‘i