Kegl cc pechat indd


quvvat tu shunchasini kiritamiz. Quvvat



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/197
tarix14.02.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#52557
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197
fizika 6 uzb

quvvat tu shunchasini kiritamiz. Quvvat 
deganda,  biror vaqt bo‘lagi ichida (1 sekundda) bajarilgan ish 
tushuniladi. Quvvatni N bilan belgilasak, uni topish uchun 
bajarilgan ishni, shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga bo‘lish kerak.
N  –  quvvat,  A  –  ish, t  –  vaqt.
Quvvat birligi sifatida vatt (W) qabul qilingan.
.
Bu  birlik  bug‘  mashinasini  birinchi  bo‘lib  o‘ylab  topgan  ingliz 
ixtirochisi J. Uatt (Watt) sharafiga qo‘yilgan.
Kundalik turmushda avtomobil dvigatellarining quvvatini 
ot kuchi 
(o. k.) deb ataladigan birlikda ham o‘lchanadi. Bu bilan mashina 
motorining quvvati yuk tortuvchi otning kuchi bilan taqqoslanadi.
1  o.k. = 735,5  W.


75
Odam 
quvvati
70–80 
W
«Neksiya» 
avtomobili
75 kW
TE 10 L
teplovozi
2200 kW
IL–62
samolyoti
30600 kW
Kosmik kemani 
uchiruvchi 
«Energiya» raketasi 
125 000 000  kW
1. Mashina dvigatelining quvvatini bilgan holda, uning berilgan 
vaqtda qan cha ish bajara olishini qanday hisoblash mumkin?
2. Quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan qanday qurilma-
larni bilasiz?
3. Kundalik turmushdan quvvatga doir misollar keltiring.
8-mashq
1. Suv tagidan og‘irligi 3000 N bo‘lgan toshni ko‘tarish uchun 
qanday kuch kerak? Tosh hajmi 120 dm
3
. (Javobi: 1800 N.)
2. Kemaning suvga botadigan qismining yuzasi 2000 m
2
. Unga 
qanday qo‘shimcha yuk ortilsa, kema suv ichiga yana 1 m botadi. 
Dengiz suvi zichligi 1,03 g/sm
3
. (Javobi: 2060 tonna.)
3. Jismning havodagi o‘g‘irligi 196 N, kerosindagi og‘irligi 180 N. 
Jismning hajmini toping. (Javobi: 2000 sm
3
.)
4. Alyuminiydan yasaldan jism kerosinga botirilganda unga 136 N 
itaruvchi kuch ta’sir ko‘rsatadi. Jismning havodagi og‘irligini toping. 
(Javobi: 459 N.)
5
*
. Metall bo‘lagining suvdagi og‘irligi 850 N, kerosindagi og‘irligi 
950 N. Jismning zichligini toping. (Javobi: 2700 kg/m
3
.)
6
*
. Bitta sharni vodorod gazi bilan, ikkinchisini geliy gazi bilan 
to‘ldirildi. Agar ularning gaz bilan to‘ldirilishidan oldingi og‘irliklari 
va hajmi bir xil bo‘lsa, qaysi birining ko‘tarish kuchi katta bo‘ladi? 
Vodorod gazi zichligini 0,00009 g/sm
3
, geliynikini 0,00018 g/sm
3
 
va havonikini 0,00129 g/sm
3
 deb olinsin. (Javobi: Vodorod  gazi 
to‘ldirilganda 1,08 marta katta.)
7. Hajmi 20 m
3
 bo‘lgan shar vodorod gazi bilan to‘ldirilgan. Shar 
qanday yukni ko‘tara oladi? (Javobi: 
24 kg.)


76
8
*
. Ko‘ndalang kesim yuzasi 1 m
2
, qalinligi 0,4 m bo‘lgan muz 
bo‘lagi suvda suzib yuribdi. Muzni to‘la suvga botirish uchun kamida 
qancha ish bajarish kerak? Muz zichligi 900 kg/m
3
. (Javobi: 80 J.) 
9.  Isigan  havo  tepaga  ko‘tariladi,  sovugani  pastga  tushadi.  Sababini 
tushuntiring.
10. Uyingizdagi changyutkich, sovutkich, televizor va shunga 
o‘xshash  asboblarning  pasportini  qarab,  iste’mol  quvvatini  aniqlang. 
Ularning bir kunda ishlatiladigan vaqtiga ko‘ra bajargan ishini 
hisoblang.
11. Xonadagi ventilyatorning quvvati 35 W. Uning 10 min. da 
bajargan ishi nimaga teng? (Javobi: 21 kJ.)
12. Yugurish musobaqasida qatnashgan o‘quvchining quvvati 700 W 
ga teng bo‘ldi. 100 m masofani 15 sekundda bosib o‘tsa, bajargan ishi 
nimaga teng bo‘ladi? (Javobi: 10500 J.)
13. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan «Epika» avtomobili 
dvigatelining quvvati 156 o.k. ga teng. Avtomobil bir soat harakatlansa 
qancha ish bajaradi?
14
*
.10 km balandlikda 360 km/soat tezlik bilan uchayotgan 
samolyotning potensial energiyasi, uning kinetik energiyasidan necha 
marta ko‘p (Javobi: 20.)
15. Uzunligi 20 sm, massasi 30 g bo‘lgan qalam stol ustida yotibdi. 
Uni vertikal holatga keltirilsa, potensial energiyasi qanday o‘zgaradi?
16. Agar jismning tezligini 4 marta oshirilsa, uning kinetik 
energiyasi qanday o‘zgaradi?
17. Gidroelektrostansiya qurish uchun daryo suvi to‘g‘on bilan 
to‘siladi. To‘g‘on nima vazifani bajaradi?
18. Suv tubidan ko‘tarilayotgan pufakchaning potensial energiyasi 
qanday o‘zgaradi? Kinetik energiyasi-chi?
19. Avtomobilning dvigateli 86 o. k. ga teng. Uni W larda 
ifodalang. 


77

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin