Xxi asrda texnik rivojlangan davlat-larda axborotlarning asosiy qismi qog’ozsiz ko’rinishda —



Yüklə 13 Kb.
səhifə1/3
tarix21.12.2023
ölçüsü13 Kb.
#187971
  1   2   3
1-Kasbiy faolyatda axborot texnologiyalar haqida tushuncha




Axborot texnologiyalari haqida tushuncha

XXI asrda texnik rivojlangan davlat-larda axborotlarning asosiy qismi qog’ozsiz ko’rinishda — EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o 'qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi.

V.M. Glushkov

Siz 8 va 9- sinflarda o’qigan ,,Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fanlarida informatika haqida tushuncha, axborotlarni raqamlar vositasida tasvirlash, kompyuterlar, operatsion tizimlar, hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari, kompyuter grafikasi, axborotlar ombori, elektron jadvallar, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, model va algoritmlar, dasturlash asoslari, amaliy dasturlash va hisob tajribalarini o’tkazish haqidagi bilimlarni egalladingiz. Shu bilan birga, yangi axborot texnologiyalarining elementlari bilan qisman tanishdingiz. Endi informatika va hisoblash texnikasi asoslarini tashkil etgan axborot texnologiyalari haqidagi bilimlarni chuqurroq va kengroq, ya'ni axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash, axborotlarning xususiyatlarini o’rganamiz.

«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so’zi lotincha «thexnos» — san'at, hunar, soha va «logos» — fan degan ma'noni anglatadi. Ya'ni texnologiya — biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko’rinishini bildiradi.

Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuyidir.

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:



Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.


Yüklə 13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin