issiqlik bu moddani tashkil etgan zarralarning kinetik energiyasidir, degan
mantiqiy xulosaga kelamiz.
Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini ifodalovchi kattaliktemperaturadeb ataladi. Muzni eritish jarayonida kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, erish paytida
uning temperaturasi o‘zgarmaydi. Demak, bu paytda unga berilgan
issiqlik muz tuzili
shi (strukturasi)ni buzishga sarflanadi. Demak,
modda issiqligini qisman molekulalar orasidagi potensial energiya ham belgilar ekan. Shunday qilib, issiqlik ham energiyaning bir turi
hisoblanadi. U boshqa energiyalar kabi bir turdan ikkinchi turga
aylanishi mumkin. Issiqlik miqdori ham boshqa energiya va bajarilgan
ish kabi joullarda o‘lchanadi!
Ish bajarib issiqlik energiyasini hosil qilish va issiqlik ener-
giyasini ishga aylantirish mumkin bo‘lganligidan, ish va energiya
cham barchas bog‘langandir.
1. Nima uchun arqondan yoki yog‘och ustundan ushlab pastga sirg‘anib tushganda qo‘l qiziydi? 2. Nima sababdan avtomobil keskin tormozlanganda g‘ildirakla- rining rezinasidan kuygan hid keladi?
104
3. Og‘zi berk idish issiq suvga tushirildi. Idish ichidagi havo molekula larining potensial va kinetik energiyalari o‘zgaradimi? 4. Siz o‘qigan qaysi kitobda yoki ko‘rgan kinoda odamlar sun’iy ravishda olov hosil qilishgan? Qanday usul bilan olinganligini gapirib bering.