A = a ± a, bunda A – o‘lchanayotgan kattalik, a – o‘lchash natijasi,
a – o‘lchash-
lar xatoligi (
– grekcha «delta» harfi).
1. O‘lchov asboblarining o‘lchash chegarasi deganda nimani tushu- namiz? 2. O‘lchashlar xatoligi qanday aniqlanadi? 3. Nima sababdan o‘lchashlar takroran o‘tkaziladi? 4. 2- rasmda keltirilgan asboblarning o‘lchash aniqligi va che- garasini ayting. Amaliy topshiriq Sinfda o‘zingiz o‘tirgan stolning uzunligini chizg‘ich yor-
damida o‘lchang.
1-mashq 1. Quyidagi hodisalardan qaysilari yorug‘lik hodisalariga kiradi?
a) metroda poyezd harakatlanmoqda; b) elektr plitasida ovqat
pishiril moqda; c) soyning shovullashi eshitilmoqda; d) elektr lam-
pochkasi yonib turibdi; e) osmonda burgutning aylanishi kuzatilmoqda;
f) televizorda kino ko‘rsatilmoqda; g) adirdagi qor erimoqda.
2. O‘lchov tasmasidagi chizilgan chiziqchalar soni 201 ta. Birinchi
chiziqcha ro‘parasida 0 raqami, oxirgisida 100 sm degan yozuv bor.
Asbob shkalasidagi bo‘linishlar nechta? Asbob shkalasining darajasi
qanday?
3. 2-rasmda keltirilgan chizg‘ich, sekundomer, menzur
ka shkalasi-
ning darajasini aniqlang.
4. Qanday qilib o‘lchov tasmasi orqali g‘altak ipning qalinligini
o‘lchash mumkin?
5. Mosh yoki no‘xat donalarining hajmini menzurka yordamida
qanday o‘lchash mumkin?
6. 497 dm ni metrlarda ifodalang.