Yorug‘lik ta’sirida ishlaydigan jismlaryorug‘likni qabul qilgichlar deyi ladi. Inson ko‘zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar, fotosurat,
videokamera, Quyosh batareyalari, pult bilan boshqariladigan televizor
va magnitofonlar shular jumlasidandir. O‘simliklarda Quyosh nurlari
ta’sirida murakkab jarayonlar boradi va Yerdagi hayot uchun muhim
bo‘lgan kislorod ajraladi va oqsillar, yog‘ hosil bo‘ladi.
134
1. Yorug‘likning yana qanday manbalarini bilasiz? 2. Sovuq holda nur chiqaradigan manbalar bormi? 3. Yorug‘lik ta’sirida ishlaydigan yana qanday qurilmalarni bilasiz?