soya, nimqorong‘i qismini yarim soya deb ataladi. 104-a rasmda buyum ga yorug‘lik ikkita manba (S 1
va S 2
)dan tushgan hol ko‘rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo‘lgan
soya qismiga birorta manbadan yorug‘lik tushmaydi. Yarim soya
qismiga manbaning bittasidan yorug‘lik tushadi. Yarim soyadan
tashqariga har ikkala manbadan yorug‘lik tushadi. Agar shamlardan
birini o‘chirsak, buyum orqasida faqat soya hosil bo‘ladi.
104-b rasmdagi manza rani tushuntirishga ha
rakat qiling! Unda shar
o‘lchami yorug‘lik manbai elektr lam pochkasidan ancha ki chik.
Amaliy topshiriq Tog‘orani suvga to‘ldiring. Qo‘lingizda qalamni ushlab uning
soyasini tog‘ora suvining tubida kuzating. So‘ngra qalamning
yarmini suvga tiqib, yana soyasini kuzating. Bunda soya ikki qismga
ajralishiga e’tibor bering. Soyalar orasi ancha katta bo‘lib, yorug‘
bo‘ladi. Sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
1. Nima uchun havo bulut bo‘lganda buyumlarning soyasi hosil bo‘lmaydi? 2. Agar devorga biror buyumning soyasi tushirilsa, bu soyaning o‘lchami nimaga bog‘liq bo‘ladi? 3. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini yana qanday hodisalar tasdiqlaydi?