50-MAVZU YORUG‘LIKNING TEZLIGI. YORUG‘LIKNING QAYTISHI VA SINISHI Aristotel, yorug‘lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir
zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug‘lik tezligini tajribada
aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda
joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir
minutga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi
ko‘rgan vaqtini belgilagan. Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan.
Yorug‘lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng boshqa olimlar ham
yorug‘lik tezligini turlicha usulda o‘lchadilar. Yorug‘lik tezligi juda
katta bo‘lib, vakuumda
= 300 000 km/s ga teng.
Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarra bunday tezlikka
erisha olmaydi. Yorug‘lik bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda tezligi
o‘zgaradi. Masalan, suvda uning tezligi 225 000 km/s bo‘lsa, shishada
200
000 km/s ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan
Quyosh nuri Yerga taxminan 8,3 minutda yetib keladi.