Xd + F Xd + F Mf = ------------ = ------------- Mb Bm – Xuz bu erda,
Mf – mahsulot hajmi;
Xd – doimiy xarajatlar summasi;
F – foyda summasi;
Mb – marjinal daromadning mahsulot birligaga to’g’ri keladigan summasi;
Bm – mahsulot birligi bahosi;
Xuz – o’zgaruvchan xarajatlarning mahsulot birligiga to’g’ri keladigan summasi.
Quyida 100 000 so’mlik foydani olish uchun rejalashtiriladigan sotish hajmini aniqlaymiz:
Xd + F 500 000 – 100 000 Mf = ------------ = -------------------------- = 7 500 kg Bm – Xuz 200 – 120 1. Bu erda mahsulotni zararsiz sotish hajmi quyidagini tashkil etadi:
Xd 500 000 Mz = ------------ = -------------- = 6250 kg Bm – Xuz 200 – 120 2. Berilgan koordinatlardagi kutilayotgan foyda summasini aniqlaymiz:
F = Mf (Bm – Xuz) – Xd = 7500 (200 – 120) – 500 000 = 100 000 so’m 3. Berilgan koordinatlardagi doimiy xarajatlar summasini aniqlaymiz:
Xd = Mf (Bm – Xuz) – F = 7500 (200 – 120) – 100 000 = 500 000 so’m 4. Sotishlarning rejalashtirilgan bahosini aniqlaymiz:
Xd + F 500 000 + 100 000 Bm = Xuz + ------------ = 120 + -------------------------- = 200 so’m Mf 7 500 5. O’zgaruvchan xarajatlarning mahsulot birligiga to’g’ri keladigan summasini aniqlaymiz:
Xd + F 500 000 + 100 000 Xuz = Bm - ------------ = 200 - -------------------------- = 120 so’m Mf 7 500 6. Marjinal daromadning mahsulot birligiga to’g’ri keladigan summasini aniqlaymiz:
Xd + F 500 000 + 100 000 Mb = ------------ = -------------------------- = 80 so’m Mf 7 500 "Xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi – foyda" tahlilining muhim sharti korxona xarajatlarini doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’lish hisoblanadi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish va sotishlar hajmiga bog’liq bo’lmaydi, o’zgaruvchan xarajatlar esa – bu ikkita omilning o’zgarishiga mutanosib ravishda o’zgarib turadi. Shu bois, yuqorida keltirilgan formulalarga asosan zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulotni zararsiz sotish koeffitsienti ko’rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
U quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: