Kelgusi davr xarajatlari hisobining ilmiy-nazariy asoslari


Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 125,92 Kb.
səhifə5/20
tarix20.02.2023
ölçüsü125,92 Kb.
#85057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
kelgusi davr xarajatlari hisobi

Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi bo’yicha axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”;
3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar”;
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”.
3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i” hisobvarag’ida vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’ining joriy qismi hisobga olinadi.
Vaqtinchalik farqlarga tegishli soliqlarning hisoblanishi umumiy summada 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)” hisobvarag’ining kreditida va joriy qismi 3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i” hisobvarag’ining debetida aks ettiriladi.
Kechiktirilgan soliqlarning tegishli qismini uzoq muddatli qismdan joriy qismga o’tkazish 3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i” hisobvarag’ining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i” hisobvarag’ining kreditida aks ettiriladi.
Soliqni kechiktirilgan xarajatlarning tegishli summasiga kamaytirish yuz beradigan davr kelganda soliq summasi 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)” hisobvarag’ining debetida va 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i” hisobvarag’ining kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, 3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i” hisobvarag’ining debetidagi qoldiq joriy hisobot davrida byudjetga to’lanadigan umumiy soliq summasining kamaytirilishi lozim bo’lgan soliq summasining joriy qismini ko’rsatadi.
3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar” hisobvarag’i qoplanish muddati davomida xarajatlarga taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lar bo’yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu hisobvaraq faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan qo’llaniladi. Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish 3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar” yoki 0960 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaraqlari diskont (chegirma)lar summasi va olingan summaga pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar debetida va 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar" hisobvarag’ining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar bo’yicha joriy diskont (chegirma)lar hisoblanganda 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar” hisobvarag’i debetlanadi va 3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar” hisobvarag’i kreditlanadi.
Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismiga, uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvarag’ida hisobga olinadigan va kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (3100) hisobga olish nazarda tutilmagan xarajatlar kiradi. Masalan, sanoatning mavsumiy tarmoqlarida ishlab chiqarishga tayyorgarlik, erning rekultivatsiyasi va boshqalar bilan bog’liq xarajatlar.
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvarag’ining debetida boshqa kechiktirilgan xarajatlar 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda hisobga olinadi. Bu xarajatlarni joriy xarajatlarga o’tkazish davrining vaqti kelganida ular 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvarag’ining kreditidan ushbu xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning debetiga o’tkaziladi.
3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”, 3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar”, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob kechiktirilgan xarajatlarning har bir turi, har bir davri va hisobdan chiqarish muddatlari bo’yicha yuritiladi.
Quyida kechiktirilgan xarajatlari harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko’rsatilgan:
1) Vaqtinchalik farqlarga tegishli bo’lgan xarajatlar bo’yicha hisoblangan soliqlarning joriy qismi:
D 3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.
2) Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan soliqni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o’tkazish:
D 3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”
K 0950 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”.
3) O’tgan hisobot davrida kechiktirilgan tegishli soliq summasiga joriy hisobot davrida byudjetga to’lanadigan soliqlar kamaytirildi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”
K 3210 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”.
4) Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish:
D 3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar”
K 7830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
K 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar”.
5) Diskont bo’yicha kechiktirilgan xarajatlarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o’tkazish:
D 3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar”
K 0960 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”.
6) Joriy obligatsiya chegirmasini hisobdan chiqarish:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 3220 “Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar”.
7) Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismini hisobga olish:
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
8) Boshqa kechiktirilgan xarajatlarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o’tkazish:
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”.
9) Kechiktirilgan xarajatlarning tegishli qismi joriy xarajatlar tarkibiga kiritildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
K 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”.



Yüklə 125,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin