Kelgusi davr xarajatlarini qoplash rezerv fondini tashkil qilish va foydalanish hisobi



Yüklə 18,24 Kb.
səhifə1/2
tarix26.09.2023
ölçüsü18,24 Kb.
#148943
  1   2
KELGUSI DAVR XARAJATLARINI QOPLASH REZERV FONDINI TASHKIL QILISH VA FOYDALANISH HISOBI


21 c 157-guruh talabasi:
Nizomiddinova
Marhabo
Ma'rufjonova

KELGUSI DAVR XARAJATLARINI QOPLASH REZERV FONDINI TASHKIL QILISH VA FOYDALANISH HISOBI

Reja:

  1. Korxonalarda turli xil mulkchilik shakllari

  2. Hisobvaraqlar rejasi

  3. Xarajatlarini qoplash


Korxonalarda turli xil mulkchilik shakllari va xoʼjalik vaziyatlari vujudga kelayotgan zamonaviy sharoitlarda xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyatini boshqarish jarayonida ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan qoʼllaniladigan buxgalteriya axborotining oʼrni, zarurati va ahamiyati ortib bormoqda. Oʼz vaqtida, asoslangan va toʼliq axborot olish uchun koʼp sonli schyotlardan foydalanish zarur, chunki turli foydalanuvchilar buxgalterdan turlicha maʼlumotlarni talab qiladi. Schyotlarda jamlanadigan maʼlumot ham ichki foydalanuvchilar, ham tashqi foydalanuvchilarning turli xil talablariga javob berishi lozim, chunki ular olingan maʼlumotning tahlili asosida kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar. Buxgalter ushbu maʼlumotni olish uchun, buxgalteriya hisobi yuritilishining umumiy uslubiyatini buzmagan holda, koʼp sonli schyotlardan foydalanishi zarur.
Oʼzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) "Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy-xoʼjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qoʼllash boʼyicha Yoʼriqnoma" buxgalteriya oʼtkazmalarini tuzish boʼyicha buxgalter ishini tartibga soluvchi asosiy meʼyoriy hujjat hisoblanadi.
Mazkur standartga, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2003 yil 12 noyabrda 1181-1-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan, Oʼzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003 yil 28 oktyabrdagi 122-son buyrugʼiga va Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2009 yil 25 mayda 1181-2-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan, Oʼzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009 yil 28 apreldagi 46-son buyrugʼiga muvofiq, oʼzgartishlar kiritilgan.
Hisobvaraqlar rejasidagi oʼzgartishlar bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona va tashkilotlarning buxgalterlik ishi tajribalarini umumlashtirish natijasi boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligidagi oʼzgartishlar, yangi buxgalterlik hisobi standartlari joriy qilinishi yoki mavjud standartlarning, masalan, 6-son BHMS "Ijara hisobi", 7-son BHMS "Nomoddiy aktivlar"ning yangi tahriri qabul qilinishi bilan bogʼliqdir.
Korxonalar tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasiga asosan, oʼz xoʼjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobiga oid schyotlar ish rejasini ishlab chiqishi va uni hisob siyosati bilan tasdiqlashi lozim. Korxonaning schyotlar ish rejasida ishlab chiqarish va muomala jarayoni texnologiyasi va tarkibining oʼziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Hisobvaraqlar rejasiga uni qoʼllash boʼyicha Yoʼriqnoma (2-son ilova) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʼlib, unda alohida schyotlar boʼyicha asosiy xoʼjalik operatsiyalarining roʼyxati va ularning oʼzaro bogʼlanishi (900 ta oʼtkazma) keltirilgan. Biroq ushbu roʼyxat korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish jarayonida vujudga kelishi mumkin boʼlgan turli vaziyatlarni qamrab olmaydi. Shuning uchun ushbu qoʼllanmada xoʼjalik vaziyatlari roʼyxati 900 tadan 3000 ta oʼtkazmaga qadar kengaytirilgan.
Mazkur kitob buxgalterlik hisobida aks ettirilishi lozim boʼlgan amalga oshiriluvchi xoʼjalik faktlari (operatsiyalari)ni tavsiflaydi, yaʼni moliyaviy natijani belgilash va buxgalterlik hisobotini tuzish uchun moʼljallangan. Tez-tez qoʼllaniladigan xoʼjalik operatsiyalari ajratib koʼrsatilgan, ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi bir schyot debeti va boshqa schyot krediti boʼyicha yozuvlar bilan har bir operatsiya tavsifi schyotlarning bogʼlanishi orqali taqdim etilgan. Shu orqali qoʼsh yozuv yordamida xoʼjalik mablagʼlari, tashkilot majburiyatlarining bir holatdan boshqa holatga oʼtish jarayonini aks ettirishning qanday amalga oshirilishi koʼrsatib berilgan.
Mualliflar shuningdek har bir xoʼjalik operatsiyasi boʼyicha bogʼlanishni, mazkur operatsiya rasmiylashtiriladigan boshlangʼich hujjatlarni koʼrsatgan holda tavsiflashni maqsadga muvofiq deb bildilar.
Boshlangʼich hujjatlar, shuningdek qogʼoz yoki elektron axborot tashuvchilardagi hujjatlar buxgalterlik hisobida xoʼjalik yurituvchi subʼektning xoʼjalik faoliyati yaxlit va uzluksiz aks ettirilishini taʼminlaydi. Buxgalteriya hisob registrlariga rahbarning ogʼzaki koʼrsatmasi yoxud oʼz ixtiyori boʼyicha qaydlar kiritilmasligi lozim. U hujjat bilan aks ettirilgan harakatlarnigina hisobga olish huquqiga ega. Binobarin, boshlangʼich hujjatlar schyotlar bogʼlanishi orqali amalga oshiriladigan buxgalterlik qaydlari tizimining asosi hisoblanadi.
Maʼlumki, tegishli xoʼjalik operatsiyalarini amalga oshiradigan xodimlardan hujjatlar olish buxgalteriya uchun eng dolzarb muammolardan biri boʼlib qolmoqda. Ular zimmasiga buxgalterlik hisobi va nazorati uchun zarur hujjatlar tuzish majburiyati yuklatilgan. Shu tufayli hujjatlarning sifatsiz rasmiylashtirilishi, buxgalteriyaga berishning kechiktirilishi, hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning asoslanmaganligi, shuningdek noqonuniy operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar tuzilganligi uchun ularning javobgarligi koʼzda tutilgan boʼlishi lozim.
Shunday qilib, schyotlar bogʼlanishi va boshlangʼich hujjatlar oʼrtasidagi aloqadorlik amaliyotda buxgalterlik hisobi sifatini oshirish maqsadida qayd etib oʼtilgan.
Ushbu qoʼllanma buxgalterlar uchun foydali boʼlishi va Hisobvaraqlar rejasini yanada yaxshiroq oʼzlashtirib olishda yordam berishiga ishonch bildiramiz.
Oʼzbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida"gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Shu bois buxgalteriya hisobi uslubiyati va yagona Hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqish Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
Buxgalteriya xizmatlarining amaliy faoliyatida Hisobvaraqlar rejasi birinchi darajali ahamiyatga ega.
Moliyaviy-xoʼjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi moliyaviy hisobot elementlariga muvofiq guruhlashtirilgan schyotlarning yigʼindisini, yaʼni: aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlarni tashkil etadi.

Yüklə 18,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin