III) Psixokorreksiya Maqsadlar: Bola rivojlanishining potensial (saloxiyat) imkoniyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida ochib berish va amalga oshirish uchun maqbul imkoniyatlar va sharoitlarni yaratish.
Maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarda hissiy va shaxsiy sohani shakllantirish va rivojlantirish
Vazifalar: Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga moslashishi va unda bo‘lishi uchun qulay sharoitlarni yaratish.
O‘zini ifoda etish va ijodkorlik orqali bola shaxsiyatining to‘liq rivojlanishiga imkoniyat yaratish.
Bolalarda kattalar va tengdoshlarga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish, tinglash va eshitish qobiliyatini shakllantirish, o‘zini va boshqa odamlarni qabul qila olishni o‘rgatish.
Bolalarni asosiy hissiy holatlar bilan tanishtirish, ularni turli vaziyatlarda to‘g‘ri namoyon qilishni o‘rgatish.
Boshqa odamlarning hissiy holatlarini farqlashga va to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatish.
Ijtimoiy rollarni ijro etish orqali ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantirish.
Aqliy, hissiy-shaxsiy va xarakat sohalarini rivojlantirish.
IV) Psixologik targ‘ibot ishlari Maqsadlar: Bolalarning ruhiy salomatligini ta’minlash va o‘quv jarayonida ularning to‘liq va o‘z vaqtida rivojlanishiga ko‘maklashish
Tarbiyachilarning psixologik kompetensiyasini shakllantirish, ularning kasbiy malakalarini va hissiy barqarorligini rivojlantirish.
Vazifalar: Rivojlanayotgan fan, o‘quv muhitida psixologik talablarni shakllantirish.
V) Metodik ishlari Maqsadlar Ta’lim jarayoni sharoitida bolalarning ruhiy salomatligini ta’minlash va ularning to‘liq va o‘z vaqtida rivojlanishiga ko‘maklashish.
Pedagoglarning psixologik kompetensiyasini shakllantirish, ularning kasbiy malakalarini va hissiy barqarorligini rivojlantirish.
Bolaning rivojlanish qonuniyatlarida, shuningdek ta’lim va tarbiya masalalarida ota-onalarning psixologik bilimini oshirishga ko‘maklashish.