Arsenit angidrit As2O3 yoki (oq mishiyak ) sof mishyak yonganda va tarkibida mishyak bo’lgan rudalar kuydirilganda hosil bo’ladi. 800°Cdan past temperturada oq mishyak As4O6 tarkibga ega. U juda zaharli modda ; d=3,68gsm-3 . Qizdirilganda suyuqlanmay bug’lanib (sublimatsiyalanib ) ketadi. As2O3 suvda erib o’to- va meta- arsenit kislotalarini hosil qiladi.
As2O3+3H2O= 2H3AsO3 (o’rto arsenit kislota )
As2O3 +H2O = 2HAsO3 ( meya arsenit kislota)
Bu ikka kisiota nihoyatda kuchsiz kislotalar jumlasiga kiradi.
Arsenit kislota ham amfoter xossalarini nomoyyon qiladi. Uning eritmada dissotsiyalanishi quyidagicha yozish mumkin:
H3As3=H+H2AsO3; As(OH)3=OH+As(OH)2
Uning kislota tarzida dissatsiyalanish konstansasi K=4·10-10 bo’lsa, asos tarzidagisi K=1·10-14 1. Agar H3AsO3 asosan 3- bosqich bilan dissatsiyalanadi debfaraz qilsak eritmadiga ionlar orasida quyidagi muazanat qaror topadi:
AsO3+3H→As+3+3OH
Eritmada H= konsentratsiyasi oshgan bu muozanat o’nga, OH- ionlari konsentratsiyasi oshganda chapga siljiydi.
Arsenit kislota uch negizli bo’lgani uchun uch xil arsenitlar hosil qiladi. Uning CaHAsO3 tarkibli tuzi chigirtkalarga qarshi kurashda ishlatiladi. Meta arsenit kislotaning yashil tusli mis tuzi Cu(AsO2)2 “sheli ko’ki” nomi bilan yuritiladi.
Cu(CH3COO) 2·3Cu (AsO202 tarkibli tuzi yashil tusli “parish ko’ki ‘- ekin zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladi.Natriy arsenit kumish nitrat bilan sariq cho’kma beradi.(sifat reaksiyasi) Na3AsO3+3AgNO3=Ag3AsO3+3NaNO
H3AsO3 ishqoriy muhitda kuchli , kislatali muhitda kuchsiz qaytaruvchi.
Mishyak (V )oksid yoki arsenat angidrit As2O5. Bu modda mishyakning hovada yonishidan hosil bo’lmaydi. Uni olish uchun arsenat kislotani qizdirib, tarkibidagi suv yo’qotiladi:
2H3AsO4=As2O5+3H2O
Arsenat kislotaning o’zini esa mishyakni nitrat kislotada eritish yoki arsenit angidritni netrallash sharoitida oksidlash orqali olinadi .
3As+5HNO3=2H2O→3H3AsO4+5NO ; As2O3+2H2O=2HNO3→2H3AsO4=NO+NO2
Mishyak (V) oksid rangsiz amorf modda , d=4,086g.sm.-3. U315°C da As2O3 bilan O2 ga ajaradi. Suvda yaxshi eriydi(100g suvda 16°C da15g eriydi). Bu angidritga uch kislota muofiq keladi . Ular orto- meto- va piro-kislotalardir.