Kelishildi



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə1/86
tarix11.04.2022
ölçüsü85,54 Kb.
#55178
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


KELISHILDI”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligi ________________

“____” ______________ 2021 -yil



TASDIQLAYMAN”

Andijon davlat universiteti rektori

________________ A.S.Yuldashev

“____” ______________ 2021 -yil




5A140501 – “Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)”

magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun mutaxassislik(ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari

DASTURI


Andijon –2021


Annotatsiya

Dastur 5A140501 – “Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun kimyo ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.


Tuzuvchilar:
Asqarov I.R. - ADU, Kimyo kafedrasi professori, k.f.d.
Qirg‘izov Sh.M.- ADU, Kimyo kafedrasi professori, k.f.n.
Abdulloyev Sh.X.- ADU, Kimyo kafedrasi professori, k.f.n.
Isayev Yu.T.- ADU, Kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n.
Otaxonov Q.Q.-ADU, Kimyo kafedrasi mudiri, k.f.f.d.

KIRISH
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Mamlakatimizda 2019- yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 -yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.

5140500-Kimyo bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida 5A140501 – “Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabgorlar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 5 ta umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo‘yicha: Noorganik kimyo, Analitik kimyo, Fizikaviy kimyo, Organik kimyo, Tovarlar kimyosi fanlaridan yozma ish savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22- iyun kungi PQ-5157-son qaroriga ko‘ra magistratura mutaxassisligiga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda universitetda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshiriladi. Ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.



Mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari yozma ish ko‘rinishida o‘tkaziladi.


Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin