11-mavzu. Termodinamikaning 3-qonuni
Nernstning issiqlik teoremasi. Plank postuloti. Absolyut entropiya. Plank postulotidan kelib chiqadigan xulosalar. Absolyut nolga erisha olmaslik prinsipi.
12-mavzu. Muvozanat konstantasini hisoblash usullari
Muvozanat konstantasini Temkin va Shvartsman usulida hisoblash. Nernstning issiqlik teoremasi va Plank postulotiga asoslanib, termodinamik funksiyalarning standart qiymatlari bo‘yicha muvozanat konstantasini hisoblash.
13-mavzu. Fazaviy muvozanat
Faza, komponent, komponentlar soni, erkinlik darajasi tushunchalari. Gibbsning fazalar qoidasi. Sistemaning variantligi. Sistemalarning sinflanishi. Bir komponentli sistemalar uchun fazalar qoidasi. Suv va oltingugurt uchun holat diagrammalari. Bug‘lanish egrisi uchun Klapeyron–Klauzius tenglamasining differensial va integral ko‘rinishlari.
14-mavzu. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o‘tishlar
Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o‘tishlar. Erenfest tenglamasi. Polimorf o‘tishlar. Mono- va enantiotrop fazaviy o‘tishlar. Fizik-kimyoviy analiz.
Dostları ilə paylaş: |