1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
2) so'z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog'lanishli nutq ustida ishlash. So'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo'lib
leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya,
sintaksis xizmat qiladi; bog'lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik
va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.
Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap
uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash
bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O'z navbatida, bog'lanishli hikoya va
insho lug'atni boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
O'quvchilar nutqini o'stirish o'z metodik vositalariga ega, o'zining
mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog'lanishli nutq mashqlari
hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nutq o'stirishda izchillik to'rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi,
istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga
bo'ysundirish ko'nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har
bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o'quvchilarni
tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo'ysungan holda yana qandaydir
yangilik qo‘shadi.
Maktabda o'quvchilar nutqini o'stirishga ona tili o'qitishning asosiy
vazifasi deb qaraladi. Nutq o'stirish faqat ona tili va o'qish darslarininggina
emas, balki o'quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik,
matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning, shuningdek,
sinfdan tashqari o'tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.
Nutq turlari
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar.
Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda
o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan
va yozilmagan, „o'ylangan" (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi
kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib
yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir.
Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda
nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib
bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga
keladi.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi,
tashqi nutqni o'stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi.
O'ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo'ladi. Ichki nutq o'quvchini
tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o'rgatadi. Ichki nutq
jarayonida o'ylash o'quvchining nutqi va tafakkurining o'sishida
muhim vositadir.
Maktabda o'quvchilaming tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi
ham o'stiriladi. Bolalar ichda o'qishga o'rganadilar va ichki nutqda
materialni o'zlashtiradilar, turli vazifalarni o'zlari hal qiladilar, asosiysi
— o'zlarining og'zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og‘zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki
nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og'zaki nutq tovush
nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda eshitish sezgisi,
yozma nutqda esa ko'rish va harakat (qo‘1 harakati) sezgisi asosiy
o'rin tutadi. Og'zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o'zaro
302
www.ziyouz.com kutubxonasi
aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy
sharoitda. bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan
bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham
foydalaniladi.
Og'zaki nntq ko'pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog
tarzida bo'ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim
til shakllarini tushirib qoldirmay. ortiqcha takrorga yo'l qo'ymay bayon
qilishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va
mavhum hisoblanadi.
O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan talablar
O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga
rioya qilinadi: