So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunshalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barsha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning yeskirib, iste’moldan shiqib ketishi, ma’no ko’shish hodisasi kabilarni o’rganadi. Shu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izshillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanshalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunshalik boy bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon yetishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning ushun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatshanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga yega. Besh jildlik «O’zbek tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr yetilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan.
Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvshilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi: