1. O’quvshilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek, bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish. Ona tilining lug’at boyligini bilib olish ushun o’quvshi o’z lug’atiga har kuni 8-10 ta yangi so’zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar ma’nosini o’zlashtirishi lozim.
2. O’quvshilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu ishiga quyidagilarni oladi: 1) o’quvshi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirish, ya’ni shu so’zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so’zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo’llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so’zning kinoyali ma’nosini, ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish; 3) so’zlarning sinonimlarini, sinonim so’zlarning ma’no qirralarini o’zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o’zlashtirish.
3. Lug’atni faollashtirish, ya’ni o’quvshilar ma’nosini tushunadigan, ammo o’z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug’atidagi so’zlarni faol lug’atiga o’tkazish. Buning ushun shu so’zlar ishtirokida so’z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o’qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvshilar faol lug’atidan nofaol lug’atiga o’tkazish. Bunday so’zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o’zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so’zlashuv tilida qo’llanadigan sodda so’z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so’zlar kiradi. Adabiy til me’yori degan tushunshani o’zlashtirgash, o’quvshilar yuqorida izohlangan so’zlar o’rniga adabiy tildagi so’zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so’zlar, so’zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so’z va iboralar o’quvshilarning faol lug’atidan shiqib keta boshlaydi.
O’quvshilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:
1. Atrofni o’rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarniig o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga yekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar. Bu yekskursiyalar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi shuqurlashtiriladi, ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
O’quvshilar lug’atini va nutqini boyitishda yeng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O’qish darslarida o’quvshilar Oybek, H. Olimjon, M. Shayxzoda, G’. G’ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, Uyg’un, A.Qahhor, P. Mo’min, Q. Muhammadiy, Sh. Sa’dulla, Z. Diyor kabi ko’pgina so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darsida bolalar lug’ati ma’lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy tushunshalarni ifodalovshi yoqimtoy, shirinso’z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar, ko’shma ma’noda ishlataladigan so’zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.
Bolalar mustaqil o’qishga o’rganganlaridan keyin ular lug’atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning ushun ham sinfdan tashqari mustaqil o’qish va unga rahbarlik shakllari o’quvshilar lug’atini boyitishning, nutqini o’stirishning yeng muhim manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o’rganish darslari ko’pgina so’z va atamalarni o’zlashtirishga yordam beradi, o’quvshilar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so’zlarni bilib oladilar. Bu darslarda o’quvshilar lug’ati tartibga solinadi, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi, so’z tarkibi, so’z yasalishi, so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan yesa lug’atga aniqlik kiritiladi; ular o’rgangan so’zlaridan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug’atlari faollashadi. O’quvshilar lug’ati maxsus lug’aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Bulardan tashqari, kinofilm va televizor yeshittirishlarining matnlari, o’qituvshi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o’quvshilar lug’atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.
Lug’atni boyitishda turli lug’atlar juda foydali qo’llanmadir. Boshlang’ish sinf o’quvshilari ushun «Imlo lug’ati» mavjud. O’qituvshi ma’lumot ushun ham, material tanlash ushun ham turli lug’atlardan (o’zbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug’atlaridan, turli terminologik lug’atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi.