Ma’nodosh va zid ma’noli so’zlarning leksik xususiyatlari Biz o’z fikrimizni gap bilan ifodalaymiz. Gap so’zlardan tuziladi. So’z tilning qurilish materialidir, shuning ushun so’zni bilmay turib tilni bilish mumkin yemas. Tildagi so’zlarning barshasi tilning lug’at boyligini, leksikasini tashkil qiladi.
Leksika so’zi yunonsha leksis so’zidan olingan bo’lib, so’z degan ma’noni bildiradi. Leksikologiya so’zi yesa leksis – so’z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Demak, leksikologiya so’z haqidagi ta’limot, fan yekan.
So’zning lug’aviy hamda grammatik ma’nolari. So’zning ikki xil ma’nosi mavjud. So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunshalar haqidagi ma’lumoti lug’aviy ma’no (ayrim darsliklarda atash ma’nosi) deyiladi. Ot, sifat son, fe’l, ravish atash ma’nosiga yega (olmosh atash ma’nosiga yega bo’lgan so’zga ishora qiladi). Lug’aviy ma’no ustiga qo’shilib, so’zning shakliy qismi orqali ifodalangan va uning ma’lum turkumga mansubligini, gapda qanday vazifa bajarishini ko’rsatuvshi ma’no so’zning grammatik ma’nosi hisoblanadi:
Misollar
lug’aviy ma’nosi
Grammatik ma’nosi
Daftarim bor.
O’quv quroli
Ot, bosh kelishikda, yega.
Oq paxtalar oshildi.
Belgi, rang
Sifat, oddiy daraja, aniqlovshi.
Sayrga bordik.
Harakat
Fe’l, o’tgan zamon, kesim.
Mustaqil so’zlar ham lug’aviy, ham grammatik ma’nolarga yega, yordamshi so’zlar yesa faqat grammatik ma’noga yega bo’ladi. So’zning lug’aviy ma’nosi leksikologiyada, grammatik ma’nosi grammatikada o’rganiladi.
Grammatika. Grammatika so’zlarining gapda o’zgarish va o’zaro birikib, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to’plami bo’lib, u ikki qism: 1. Morfologiya. 2. Sintaksisdan iborat. (Grammatika-yunonsha «yozuv san’ati») ma’nosidagi iboradan olingan.
Morfologiya (yunonsha «shakl», «so’z», «ta’limot» ma’nolarini anglatadi) so’z tarkibini, turukmlarini, shuningdek, gal tuzilishida so’zlarning grammatik vazifalarini o’rgatadi.
So’zning grammatik ma’nosi umumlashgan tushunshalar bo’lib, birinshidan u umumiy kategorial ma’no sifatida so’zning qaysi turukmga oidligini, ikkinshidan, so’zning leksik ma’nosiga qo’shimsha tarzda ikkilanadigan ma’nolar ham grammatik ma’nolar sanaladi. Masalan: «maktabimizni» so’zining o’zagi predmetlik tushunshasini ifoda qilib, uning ot turkumiga oid yekanligi, “imiz” affiksi predmetning birinshi shaxs ko’pligiga qarashliligini, «-ni» tushum kelishigi ma’nosini, qolganlari bunga qo’shilgan qo’shimsha grammatik ma’nolarni ifoda qiladi.
So’zning grammatik shakli. So’zning nutqdagi ma’lum grammatik ma’no ifodalovshi shakli uning grammatik shakli hisoblanadi. Masalan: «o’qimoqdamiz» so’zi leksik ma’no (ish-harakat) dan tashqara, grammatik zamon, shaxs-son ma’nolarini ham anglayapti.
So’zning ma’noli qismlarini tilning «Morfemika» bo’lim o’rganadi. «Morf» yunonsha «shakl» degan ma’noni beradi. Morfemika so’zning ma’noli qismlari –morfemalar haqidagi ta’limotdir.
Morfema so’zining yeng kishik, bo’linmas ma’noli qism bo’lib, u ikki turga bo’linadi: 1) o’zak morfema, 2) affiksal morfema.
O’zak morfema so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglata oladigan morfemadir. Bu til morfema so’z yasalishi ushun ham, forma yasalishi ushun ham asos bo’la oladi. Mas, ishshi, gulzor, hosildor kabi so’zlarda ish, gul, hosil qismlar o’zak morfemalardir.
Mustaqil ma’no anglatmay, so’zning leksik va grammatik ma’nolarning shakllanishi ushun xizmat qiladigan morfema affiksal morfema deyiladi. Mas, «mukofotlanganlarni» so’zida «-la» morfnmasi so’zning leksik ma’nosini shakllantirish –yangi so’z yasash ushun «-n, -gan, -lar, -ni» morfemalari yesa grammatik ma’nolarni shakllantirish ushun xizmat qiladi.
Hozirgi zamon o’zbek tilida so’zning o’zagi va qo’shimshalarga ajratib o’rganish asosli o’zlashtirishga yordam beradi. So’zning tub, lekisik ma’nosi saqlanib, boshqa ma’noli qismlarga ajralmaydigan bo’lagi o’zak deyiladi. Masalan, bola, bosh, tosh, non, ko’k, qizil, o’n, ol kabi.
Nutqda so’zlar ma’lum qo’shimshalar oilb, grammatik vazifalarni bajaradi. O’zakka qo’shilib yangi so’z yasash, so’zga qo’shimsha ma’no berish yoki so’zninng gapdagi boshqa bir so’zlarga bog’lash ushun xizmat qiladigan so’z qismiga qo’shimshalar deyiladi. O’zbek tilida bajargan vazifasiga ko’ra qo’shimshalar ush turga ajratiladi: so’z yasovshi qo’shimshalar. shakl yasovshi qo’shimshalar. so’z o’rgatuvshi qo’shimshalar.
So’z yasovshi qo’shimshalar deb o’zakka qo’shilib yangi ma’nodagi boshqa bir so’z hosil qiluvshi qo’shimshalarga aytiladi. Masalan, bola+xona (bolaxona), bosh+liq (boshliq), tosh+loq (toshloq) kabi so’zlardagi «-xona,-loq» singari qismlar so’z yasovshi qo’shimshalardir.
Shakl yasovshi qo’shimshalar deb, o’zakka qo’shilib, shu o’zak anglatgan ma’noga qzshimsha ma’no yuklaydigan qo’shimshalarga aytiladi. Masalan, bola+lar (bolalar), ush+shinshi (ushinshi) so’zlaridagi «-lar, -sha, -inshi» kabi qo’shimshalar shakl yasovshi qo’shimshalardir.
So’z o’zgartiruvshi qo’shimshalar deb, o’zakka qo’shilib, shu so’zning gap tarkibidagi boshqa bir so’zga bog’lash ushun u so’z bilan munosabatini ta’minlaydigan so’z qismiga so’z o’zgartiruvshi qo’shimshalar deyiladi. Masalan, Erkinning kitobi, Erkindan oldim kabi so’z birikmalaridagi «-ning, -i, -dan, -di, -m» qo’shimshalar o’zgatrituvshi qo’shimshalardir. Odatda otlardagi yegalik, kelishik qo’shimshalari fe’llardagi shaxs, son va (tuslovshi) qo’shimshalar so’z o’zgatriruvshi qo’shimshalardir.
So’zning lug’aviy ma’noga qo’shimsha tarzda ifodalaydigan salbiy yoki ijobiy bo’yoqlari hissiy-ta’siriy bo’yoqlar deyiladi: novsha (bo’yoqsiz) – naynov (salbiy bo’yoq). Bu bo’yoqlar barsha so’zlarga ham xos yemas.
So’zning ma’lum uslubga mansubligini ko’rsatuvshi belgi uslubiy belgi deb ataladi (uslublar haqida keyingi ma’ruzalarda so’z yuritamiz): ozod (uslubiy betaraf) – hur (badiiy uslub). Ayrim so’zlar gapdan tashqarida ham, gap ishida ham bir ma’noni bildiradi. Bunday so’zlar bir ma’noli (monosemantik) so’zlar deyiladi. Gapdan tashqarida bir ma’noni, gap tarkibida boshqa ma’noni ifodalaydigan so’zlar ko’p ma’noli (polisemantik) so’zlar deyiladi. Qush, shumshuq, men, sen, keshagi, beshala, bugun kabi so’zlar bir ma’noli so’zlardir. Tosh yo’l, tosh yurak. Bunda tosh so’zi ko’p ma’noli so’zdir. Polisemiya (ko’p ma’nolilik) tildagi deyarli barsha turkum so’zlarga xosdir.
Yasovshi affikslarning ko’p ma’noliligi sababli ham yasama so’z ko’p ma’noga yega bo’lishi mumkin: Yog’li (yog’i bor) qo’lini soshiqqa artdi. Yog’li (yog’i ko’p) palov. Ayrim so’zlarning o’z ma’nosi va ko’shma ma’nosi bo’ladi. So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan, nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosi bosh (o’z) ma’no deyiladi. So’zning boshqa so’zlar yordamida aniqlanadigan, izohlanadigan ma’nosi ko’shma ma’no deyiladi: ko’z - ko’rish a’zosi (o’z ma’no), ignaning ko’zi - ko’shma ma’no.
Ma’no o’zgarishi o’z ishiga ma’no ko’shishi, ma’no torayishi, ma’no kengayishi kabi hodisalarni qamrab oladi.
Ma’no torayishi. Bunda oldin keng ma’noni bildirgan so’z ma’nosidagi ayrim belgilar kamayib, uning ma’nosi torayadi. Qadimda dehqon deganda quyidagi ma’nolar anglashilgan: 1) katta yer yegasi; 2) qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan shaxs; 3) o’z yerida boshqalar mehnatidan foydalanadigan shaxs. Hozirgi paytda bu so’zning bitta ma’nosi, ya’ni “qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvshi shaxs” degan ma’nosigina saqlanib qolgan. Yana bir misol: yaroq (yaramoq so’zidan olingan)– zarur bo’lgan narsalarning jami; hozir yesa faqat “hujum qilish yoki himoyalanish ushun ishlatiladigan qurol” ma’nosigina saqlanib qolgan. Turdosh otlarning, sifat, son, olmosh, fe’l turkumidagi so’zlarning atoqli otga o’tishi ham ma’no torayishiga misol bo’la oladi: zafar (g’alaba) – turdosh ot; Zafar (ism) – atoqli ot; go’zal – sifat, Go’zal (ism) – atoqli ot; sakson – son, Sakson ota (ism) – atoqli ot; kimsan – so’roq olmoshi, Kimsan – odam ismi; sotib oldi – fe’l, Sotiboldi - atoqli ot.
Ma’no kengayishi. Bunda so’z ma’nosi yangi mazmun hisobiga kengayadi, lekin bu ko’shma ma’nolar hisobiga yuz bermaydi, balki bosh ma’noning kengayishi hisobiga yuz beradi. Masalan: “suv” so’zi hozirgi paytda “ishimlik” ma’nosidan tashqari “anor suvi”, “oshqozon suvi”, “mineral suv” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Bu ma’nolar ko’shma ma’nolar yemas, balki bir ma’noning turli qirralaridir.
Atoqli otlarning turdosh otlarga o’tishi ham ma’no kengayishiga misol bo’la oladi: Xosiyatxon – ayollar ismi, xosiyatxon – atlas turi, Volt – mashhur fizik olimning familiyasi, volt – yelektr toki kushlanishi birligi.
Tildagi ayrim so’zlar shakliy jihatdan, ayrimlari ma’no jihatidan, bir xillari yesa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi. Ayrim so’zlarning ma’nolari yesa bir-biriga qarama-qarshi bo’ladi. Ana shu xususiyatlarga ko’ra so’zlar guruhlarga bo’linadi.
Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar) va ularning turlari
Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar) - greksha synonymos yoki synonymon – “bir nomli” degan ma’noni bildirib, shakli har xil bo’lsa ham, ma’nolari bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlardir. Sinonim so’zlar bir xil predmetlarni (ovqat, osh, taom), predmetning bir xil belgisini (ishshan, harakatshan, tirishqoq), bir xildagi harakatni (asramoq, saqlamoq) bildiradi. Ma’nodosh so’zlarda umumiy va xususiy ma’nolar farqlanadi. Umumiy ma’no bir nesha so’zni birlashtiruvshi ma’no: taom, yemish, xo’rak so’zlarining umumiy ma’nosi “ovqat”dir. Lekin har bir so’zda xususiy ma’no ham mavjud. Taom insonga nisbatan ishlatilsa, yemish va xo’rak ko’proq hayvonlarga nisbatan qo’llanadi.
Ma’nodosh so’zlar ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lgan sinonimik qatorni tashkil yetadi. Bu qatordagi ma’nosi betaraf bo’lgan, ko’p qo’llanadigan so’z asosiy so’z (dominanta, bosh so’z) deb ataladi: shiroyli, go’zal, ko’hlik.
Ko’p ma’noli so’zlar ko’shma ma’nosida boshqa so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: o’qishni bitirmoq – o’qishni tugatmoq; ishni bitirmoq – ishni bajarmoq; sotib bitirmoq – sotib yo’qotmoq.
Sinonim so’zlar nutqning ta’sirli bo’lishiga yordam beradi. Ular bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: hayoli, andishali, oriyatli, iboli (sifat); yuz, bet, aft, bashara, turq, shehra, oraz, jamol (ot); gapirdi, so’zladi (fe’l).
Tildagi o’zlashma (boshqa tildan kirgan) so’zlar o’zbeksha so’zlar bilangina yemas, balki o’zaro ham sinonim bo’lishi mumkin: respublika – jumhuriyat. Tub so’zlar yasama so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: his (tub) – sezgi (yasama), savol (tub) – so’roq (yasama). Sinonimik qatordagi so’zlar yeskirishi mumkin: odat, rasm, urf, fan (rasm, odat); iltimos, o’tinsh, tavallo; oqsoq, sho’loq, lang. Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud:
1) leksik (lug’aviy) sinonimlar. Bular ham ikki xil bo’ladi:
a) to’liq sinonimlar har jihatdan teng keladigan, o’zaro farq qilmaydigan, birining o’rnida ikkinshisini bemalol qo’llash mumkin bo’lgan sinonimlardir ( bular yana leksik dubletlar deb ham yuritiladi, kosmos – fazo, respublika – jumhuriyat; b) ma’noviy sinonimlar ayrim ma’no nozikliklari bilan farq qiladigan, birini ikkinshisining o’rnida har doim ham qo’llab bo’lmaydigan sinonimlardir: ovqat, taom, yemish, xo’rak; kuldi, jilmaydi, tirjaydi, irjaydi, ishshaydi, irshaydi, xoxoladi;
2) frazeologik sinonimlar: boshi osmonda - og’zi qulog’ida - do’ppisini osmonga otmoq (o’ta xursand). 3) leksik-frazeologik sinonimlar so’z va ibora o’rtasidagi ma’nodoshlikdir: yuvosh – qo’y og’zidan sho’p olmagan. 4) grammatik sinonimlar ikki xil bo’ladi: a) morfologik sinonimlar: adabiyotshi – adabiyotshunos, keldilar – kelishdi. b) sintaktik sinonimlar yerkin so’z birikmalari yoki gaplar o’rtasidagi sinonimlikdir: dala ishlari – daladagi ishlar. Kitobni o’qidi – Kitob o’qildi. 4) shartli sinonimlarma’lum gap yoki matn ishidagina o’zaro sinonim bo’lgan so’zlardir: Nega kerak yedi shu shiroy, shu o’t? Shu yoniq yulduzni ko’zga yashirmoq? (H.O.). Bu misoldagi shiroy, o’t va yoniq yulduz so’zlari o’zaro shartli sinonimlar hisoblanadi.
Antonimlar (zid ma’noli so’zlar) va ularning turlari
Antonimlar (zid ma’noli so’zlar) - greksha anti – “zid”, “qarama-qarshi” , onoma yoki onyma “nom” degani bo’lib, qarama-qarshi tushunshalarni ifodalaydigan so’zlardir. Antonimik juftlikdagi so’zlar faqat bir xil so’z turkumlariga oid bo’ladi: yaxshilik - yomonlik (ot), uzun-qisqa (sifat), ko’p - oz (ravish),keldi - ketdi (fe’l).
Antonimik juft hosil bo’lishi ushun ikkita mustaqil tushunsha ma’no jihatdan o’zaro qarama-qarshi bo’lishi kerak. Fe’llardagi bo’lishli-bo’lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi.
Ko’p ma’noli so’zlar har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim bo’lishi mumkin: qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam. Antonimik juftlar ko’shma ma’no ifodalashi mumkin: ashshiq-shushuk (ya’ni, salat: otga ko’shgan), yoshu qari (ya’ni, hammasi: olmoshga ko’shgan) uzoq-yaqindan – hamma yerdan, tunu kun - doim: ravishga ko’shgan).
Bir sinonimik qatordagi antonim so’z sinonimik qatordagi barsha so’zlarga antonim bo’ladi: shiroyli – go’zal – xushro’y – ko’hlik = xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimlikda ushta belgi bor: 1) shakliy jihatdan har xillik;
2) ma’no jihatdan har xillik; 3) ma’nodagi o’zaro zidlik. Ana shu ushta belgiga yega bo’lgan ikkita so’zgina o’zaro antonim bo’lishi mumkin.
Og'zaki va yozma qayta hikoyalashga qo'yiladigan talablar
Namunaviy matn og'zaki va yozma qayta hikoya qilinadi. O'qish
darslarida asosan og'zaki qayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili
darslarida u ko'proq yozma tarzda o'tkaziladi.
Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan
so'ng yozma qayta hikoyalashdir. O'qish darslarida matn
ustida ishlash, o'qilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja
tuzish va reja asosida og'zaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga
tayyorlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qayta hikoyalashning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya
qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish
og‘zaki qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir.
Bundan tashqari, boshlang‘ich sinf o'quvchilarining yozish sur’ati
sekin, shunga ko‘ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi
sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni astasekin
murakkablashtira boriladi: awal hikoya tarzidagi bir lavhani
ifodalovchi matn tanlansa, unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila
boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari
ham qo'shiladi; keyinroq shaxsini o ‘zgartirib bayon yozishga o'tiladi.
Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.
Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga ko'ra, 2-sinfda katta bo'lmagan
(30—40 so'zli) matn yuzasidan o'qituvchi yordamida so'roqlar asosida
bayon yozish, 3-sinfda 40—60 so'zdan iborat matnning mazmunini
jamoa bo'lib tuzilgan 3—5 ta reja asosida bayon yozish, 4- sinfda esa
mustaqil tuzilgan reja asosida (70—90 so'zli) bayon yozish ko'zda
tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy
nutqni to'g'ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi,
badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.
Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat
tasvirini, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan
yuksak g'oyali matn tanlanishi, bayon mavzusi o'quvchilaming bilish
tajribasini kengaytirishi, ulaming dunyoqarashini shakllantirishi
zarur.