3 - §. Matematika o’qitish metodikasi . Matematika, bilish maqsadiga yo’naltirilgan va belgili jarayonga asoslangan amallar sistemasidan iboratdir. O’quvchilarga matematika o’qitish maqsadini nazarda tutib, o’zimizga shunday savollar berish mumkin:
O’qitish va bilish jarayonlarini qaysi yo’nalishda olib borish maqsadga muvofiq. Xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarishgami yoki teskarisigami?
O’qitishning qanday formalari maqsadga muvofiq:
So’hbat shaklida o’qitishmi;
Bayon qilish bilan o’qitishmi;
Maqsadga yo’naltirilgan tanlangan masalalar yechishmi;
Kitob o’qish shaklidami.
Bulardan qaysi biri shaklida o’qitishni aniqlash uchun matematikani o’zlashtirish va bilib olishlarini taminlash sifatida va o’rgatish formasi sifatida qarab ajratish mumkin.
Bunda o’quvchilarning bilishlarini taminlashga “indiktuv”, “deduktiv”, “analiz va sintez” o’qitish metodlarini kiritish mumkin.
O’qitishning induktiv usili umuman induksiya deb xususiy fikrlardan umumiyroq fikrga boraturgan xulosaga aytiladi.
Induksiyaga asoslanib o’qitish usulini induktiv o’qitish usuli deyiladi. Matematikaning hisoblash amallarini bajarishda, yani masalalarni o’rganishda induktiv usuldan foydalaniladi. Agar biror misol, mashq yoki masalani induktiv usul bilan darsni olib borish uchun dastlab o’qituvchi bir necha sodda masalalarni tanlab oladi, ularni sinfda tahliliy izohlar bilan yechadi. Masalalarni birin – ketin yechib, o’quvchilar masalalarning xossalarini, yechish yo’llarini anglaydi va tushuna boshlaydilar va navbatdagi masalalarni yechishda ulardan foydalaniladilar.
O’qitishning deduktiv usuli Deduktiv deb umumiy fikrlardan xususiy fikrlar chiqarish yo’liga aytiladi. Deduktivga asoslangan o’qitish usuliga deduksiya usuli deyish mumkin. Deduksiyaga asoslangan isbotlar ushun ancha tajribaga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bu matematikaning keyingi bosqichlarini o’qitishda qo’llaniladilar. Bazi
Murakkab tushunchalarni o’rganishda induktiv muhokamalar deduktiv muhokamalar qo’shila boshlaydilar. Masalan, o’quvchi 586 sonini 34 ga ko’paytirishda oldin 586 ni 30 ga ko’paytiradilar. So’ngra 586 ni 4 ga ko’paytirib hosil qilingan ko’paytmalarni qo’shadi. O’quvchiga bunday qilish aytilmagan bo’lsa ham, o’quvchi o’ziga ma’lum bo’lgan tushunchaga asoslanadi. O’quvchining oldindan ma’lum bo’lgan tushunchadan foydalanishi deduktiv usuldan foydalanish hisoblanadi.
Metodlar haqidagi masala – o`qitishda yuqori ta'lim va tarbiyaviy natijalarga erishish uchun qanday o`qitish haqidagi masaladir.
Pedagogikada turli metodlar qaraladi, jumladan ilmiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazaryalarni tuzish maqsadida ilmiy informatsiyalarni olish usullaridir.
Ko`zatish, ekspriment, maktab hujjatlarini o`rganish, o`quvchilar ishlarini o`rganish,suhbat va anketalar o`tkazish ilmiy - pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So`nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek modellashtirish metodlaridan foydalanish hollari ko`zatilmoqda.
Boshlang`ich matematika o`qitish metodikasida butun pedagogika tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlarning pedagogik o`zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi. – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo’naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o`quv – tarbiya ishining u yoki bu sohasida ishning qanday borayotganini o`rganish uchun foydalaniladi, bu metod o`quvchi va o`qituvchi faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to`plash imkonini beradi. Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, u pedagok hayotining, haqiqatning bevosita manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi.
Ko`zatish jarayonida tadqiqotchi o`quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Ko`zatish aniq maqsadni ko`zlangan reja asosida qisqa yoki uzoq vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlari, sodir bo`layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga diqqat bilan qayd qilib boriladi.
Kuzatish tutash yoki tanlama bo`lishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o`quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlama kuzatishda kichik – kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.