Kelishilgan


-§. Matematika o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə172/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

2-§. Matematika o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Boshlang’ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim yo’nalishidagi fakultetlarda o’rganiladigan ona tili, mehnat ta’limi va boshqa fanlar metodikasi bilan ko’p tomonlama uzviyliklarga ega. Boshlang’ich ta’limda matematika o’qitish, boshqa fanlar qatori ta’lim, tarbiya va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak.


Eng avvalo shuni ta'kidlash kerakki, o`zining bazaviy fani bo`lmish-matematika fani bilan uzviy ravishda bog`langan. Yani boshlang’ich sinflarda beriladigan bilimlar matematikani o’rganishning keyingi bosqichlariga tayanch vazifasini bajaradi. XVIII asrda matematikada natural son deyilganda birlar to’plami tushunilgan. Boshlang`ich matematik hisoblashlarda birinchi o`nlik sonlarining har birini birlardan tuzishga doir mashqlarga katta ahamiyat berilgan.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda toplamlar nazariyasiga tayanadi. Masalan, chekli to`plamlar elementlari orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatish o`zaro ekvivalent to`plamlar sinflarini ajratish imkonini beradi, shu bilan birga bu sinflarning har birini xarakterlovchi umumiy narsa - natural sonlarni ajratish imkonini beradi. Natural son mohiyatini bunday tushunish, o`qitish amaliyotiga9 narsalarning taqqoslanayotgan to’plamlari elementlari orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatishga doir mashqlarni kiritishga olib keladi.
1 sinf uchun mo`ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining dastlabki sahifalarida bu o`quvchilar uchun berilgan bunday topshiriqlarga duch kelamiz:
- Narsalarning rangi, shakli, o’lchamlariga bog’liq rasmlarga;
- Narsalarning uzun – qisqa, keng – tor, baland – past, ustida – ostida, chapda – o’ngda, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga bo’lgan rasmlarga;
- Narsalarning bir xil, har xil, ko’p, kam, shuncha, ikkita ortiq, ikkita kam kabi tushunchalarga bog’liq rasmlarga;
- Narsalarning “har bir”, “hammasi”, “shundan boshqa hammasi” kabi tushunchalarini anglatuvchi rasmlarga;
- Narsalarni ajratish, sanog’ini va ketma – ketligini o’rgatishga doir rasmlar berilgan. Shu rasmlarga qarab topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar ko’rsatilgan to’plamlar elementlari orasidagi o’zaro bir qiymatli moslik o’rgatishga yo’naltiradi va yuqoridagi narsalarning xossalarini anglatuvchi tushunchalar haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo’la boshlaydi. Bu esa o’quvchilarda natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Matematikadagi hisoblash amallari unga qo’yilgan talablar dastlab boshlang’ich sinf matematikasidayoq berilgan. Masalan, birinchi bosqich amallari qo’shish va ayirish amali, ikkinchi bosqich amallari ko’paytirish va bo’lish, kirishligi o’rgatiladi. Shuningdek, bu amallarning bajarilishi tartibi quyidagicha bajariladi. Agar ifodalarda qavs ishtirok etgan bo’lsa dastlab qavs ichidagi amal bajariladi, keyin ikkinchi bosqich amali, so’ngra birinchi bosqich amali chapdan o’ngga tomon tartibda bajariladi. Bu tushunchalar matematikaning keyingi bosqichlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Matematika o`qitish metodikasi umumiy matematika metodikasi bilan bog`liq.
Boshlang’ich sinf matematika o`qitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning orasidagi qonuniyatlariga tayanadi. Matematika o`qitish metodikasi bilan Pedagogika orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud. Bir tomondan matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asos shakllanadi, bu hol matematika o`qitish masalalarini hal qilishda metodik yaqinlashishning bir butunligini ta'minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma'lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta'minlaydi.
Demak, pedagogika fani metodika fanining aniq materialidan «oziqlanadi», undan pedagogika fani ma’lum umumlashtirishlarda foydalanadi va o`z navbatida u matematika ganini ishlab chiqishda yo`naltiruvchi manba bo`lib xizmat qiladi.
Matematika o’qitish metodikasi fani pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan ham bog`liqdir. Tarbiya va ta'limning bir qator ma’lum masalalarini hal qilishda o`qituvchi pedagogik psixologiya va yosh psixologiyasiga oid bilimlardan foydalanishi kerak. Yosh psixologiyasi ta'lim ta'sirida kishi ma'naviy qiyofasining shakllanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning bilimlarni o`zlashtirishlarining psixologik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanishini, o`quvchilar shaxsining kamol topish qonuniyatlarini o`rganadi. Bu esa o`quv – tarbiya ishini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, boshlang`ich matematika o’qitish metodikasi fanning boshqa fanlarni o’qitish metodikasi fanlari (ona tili, tabiatshunoslik, mehnat, rasm..) bilan uzviy bog’lanishda o’rganila boradi. Fanlar aro uzviylikni taminlash o’quvchilarni hozirgi zamon talablari asosida tarbiyalashga, bilish darajasining sifatli bo’lishini taminlaydi. Buni o’qituvchi hisobga olishi juda muhim hisoblanadi.
Boshlang`ich ta'limning turli o`quv predmetlariga oid darslarda o`quvchilar tevarak atrofdagi voqia va hodisalar, ularning xossalariga oid aniq tasavvurlar oladilar.
Matematikaning farqlantiruvchi xususiyati shundan iboratki, matematika ob’ektiv borliqni o`rganish bilan bir vaqtda o`rganilayotgan voqia va predmetlarning aniq mazmunidan, moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo`lmagan, uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlariga tegishli bo`lmagan hamma narsaga nisbatan abstraktsiyalanadi. Matematikaning buyuk kuchi shundadir, ya'ni tushunchalarning abstraktligi va umumiyligidadir, boshqa o`quv fanlari bilan bir tomonlama ko`plab bog`lanishlar, munosabatlar o`rnatish imkoniyatlari ana shundadir.
Bunday bog`lanishlarni o`rnatishda umumiy faktlarni, ya'ni son haqidagi, matematikaning hisoblashga oid amallari, geometrik figuralar, miqdorlar, shakllar haqidagi tasavvurlar va algebraik tushunchalar: har xil bilim va ko`nikmalar; faoliyat turlari; o`qitishning forma va metodlarini asos qilib olish mumkin.



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin