Venn diagrammasi metodi. Venn diagramma-grafik ko‘rinishda bo‘lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (ko‘rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish va o‘rganishda qo‘llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo‘ladi.
Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich. O‘quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to‘ldiradilar, har bir doiraga ikki tushuncha (predmet)ni e’tiborli tomonlari sanab o‘tiladi.
2-bosqich. O‘quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib, diagrammalar taqqoslanadi va to‘ldiriladi.
3-bosqich. Kichik guruh o‘quvchilariga bu tushunchalarning (predmet, ko‘rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etiladi.
4-bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o‘ziga xos tomonlarini o‘qiydi. Boshqalar zarurat bo‘lganda uni javobini to‘ldiradilar.
5-bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy) xususiyatlarni o‘qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo‘lganda bu javoblarni to‘ldiradilar.
Klaster metodipedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida nomoyon bo‘ladi.
Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. Masalan, 4-sinfda “Tovushlar va harflar” bo‘limini o‘rganilganda quyidagi topshiriq beriladi: tarmoqlarni tushunchalar bilan to‘ldiring.