Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə191/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Ko‘gazmali metodlar. Ba’zi pedagoglar (masalan, S.P.Baranov) ko‘rgazmalilik haqida emas, balki bilish va o‘qitishda sezgi a’zolariorqali idrok qilish tamoyili haqida gapiradi.
Ushbu yondashuv tilni (tillarni) o‘rganish uchun samaraliroq, chunki u birinchi bo‘lib ko‘rish orqali idrok etishga e’tibor qaratadi, tilni o‘rganish esa avvalo nutqni eshitish, akustik idrok qilish, lingvistik shakllar va uning akustik ishlab chiqarishiga qaratilgan. Tilga nisbatan eshitish ko‘rgazmasi qo‘llanganda, fonematik eshitish qobiliyatining rivojlanishi ta’kidlanadi. Ushbu holat fonetikani o‘rganishda, ifodali o‘qishda, orfoepiyada, intonatsiyada, diksiyani, ovozni rivojlantirishda, dialog va monologlarda, nutqning badiiy ifodalarini farqlashda, so‘zlarni, ayniqsa paronimlarni farqlashda qo‘llanadi.
Ko‘rish orqali idrok qilinadigan ko‘rgazmalar o‘quvchilarning tilga oid bilimlarini rivojlantirishda yordamchi rol o‘ynaydi: bunda suhbat va hikoyalar tuzish, so‘zlar va nutqiy burilishlarini yaxshiroq tushunish, insholar va boshqa nutqiy mashqlar, lug‘at ustida ishlash uchun kuzatish talab qilinadigan rasmlardan foydalaniladi.
Shuningdek, til bilan ishlashning muhim sohasi – o‘qishning markazida ko‘rish omil turadi.
Ta’lim tizimida har xil turdagi jadvallar, sxemalar, modellar, diagrammalar katta o‘rin tutadi. Imloda ko‘ruv xotirasi ishlaydi, tilni tahlil qilishda shartli belgilar, chiziqlar va hokazo.
Indukstiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. Darsda matn ”tushuncha yaratish” maqsadi asosida tahlil qilinadi.
1. Tushuncha belgilarini izohlovchi - so‘zlarni aniqlash.
2. Tadqiqot qilinayotgan tushunchaning muhim xususiyatlarini yoritib berish.
3. Tanlangan xususiyatlarni tasniflash va guruhlash.
4. Tushuncha yuzasidan xulosalarini umumlashtirish va ta’rifini shakllantirish.
Dedukstiya metodida o‘quvchi tayyor qoida – ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Deduktiv metod tushuncha bilan tanishishning ”teskari yo‘nalishiga” ega.
1. Tushunchaning ta’rifi bilan tanishish ( darslikdagi).
2. Ta’rifdan (qoidadan) tushunchalarning muhim xususiyatlarini ajratish.
3. Darslik yoki doskada yozilgan o‘quv materialidan tushuncha belgilarini o‘z ichiga olgan so‘zlarni tahlil qilish.
5. O‘rganilayotgan tushunchaning belgilariga ega bo‘lgan til birliklarini topish ko‘nikmasini mashq qilish.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin