Kelishilgan


Ta`kidlaganimizdek, alifbegacha bo‘lgan davrda husnixat ta`limi uchun 4 soat ajratilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə187/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Ta`kidlaganimizdek, alifbegacha bo‘lgan davrda husnixat ta`limi uchun 4 soat ajratilgan. Bu soatlar quyidagi talablar va qoidalarni o‘quvchilarga tushuntirish va mashq qildirish uchun sarflanadi:
- partada to‘gri o‘tirishni o‘rgatish;
- barmoqlar mashqi;
- yozuv qurollari - oddiy qalam, rangli qalamlar, ruchka, rasm daftari, husnixat daftari haqida ma'lumot berish;
- qalamni to‘g‘ri ushlash;
- to‘g‘ri, egri, changakli, yarim doira, doira shaklli, zanjirli yozuv va shakllarni mashq qilish.
Ko‘rinadiki, o‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatish ta'limi o‘qituvchilardan samarali usullardan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
Mavzu bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari
1.Yozuvga o‘rgatish shartlarining asosiylarini sanab bering.
2.O‘quv va yozuv qurollarining sifati haqida izoh bering.
3.Katta yo‘lli daftarda yozuv qiyaligini qanday saqlash mumkin? Izohlab bering.
Savol va topshiriqlar:

1. Ona tili o‘qitish metodikasining predmeti nimadan iborat?


2. Metodika fani qanday masalalarni o‘rganadi?
3. Ona tili o‘qitish metodikasining asosiy vazifalarini ta’riflab bering.
4. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining asosiy bo‘limlarini aytib bering.
5. Ona tili o‘qitish metodikasi fanining metodologik asoslarini izohlang.
6. Ona tili o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini tushuntiring.
7. Ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos tamoyillari qaysilar? Ularga tavsif bering.
8. Nazariy metod nima va u qanday hollarda tatbiq etiladi?
9. Empirik metodni tushuntirib bering.
10. Eksperiment vazifasiga ko‘ra qanday hollarda o‘tkaziladi?
11. Ona tilini o‘qitish tarixiga tavsif bering. Kamchiliklarning sabablari nimada ekanligini ayting.
12. XX asrning 50-70-yillarida boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishda qanday ijobiy siljishlar bo‘ldi?
13. Boshlang‘ich sinflarda ona tili mashg‘ulotlarining turi va mazmunini sharhlang.
14. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturi tuzilishi va mazmunini tushuntiring.
15. Boshlang‘ich sinflar ona tili davlat ta’lim standarti va dasturiga o‘z munosabatingizni bildirib taqriz yozing.
16. «Ona tili  boshlang‘ich sinflarda o‘quv predmeti» mavzusida qisqacha ma’ruza tayyorlang.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin