1. Yozuvga o‘rgatishning texnik va ta’limiy shartlari. Yozuvga o‘rgatish murakkab jarayon bo‘lib, u o‘quvchining xarakteriga, kayfiyatiga,genetik imkoniyatiga bog‘liq bo‘lgan psixolingvistik jarayon sanaladi. Maktabga endigina kelgan bolalarni yozuvga o‘rgatish nihoyatda qiyin kechadi. Shuningdek, bolalarni yozuvga o‘rgatish bevosita o‘qishga o‘rgatish jarayoni bilan bog‘lab olib boriladi.
Yozuvga o‘rgatish jismoniy va aqliy mehnat talab etadigan og‘ir jarayon hisoblanadi. Yozuvga o‘rgatish jarayoni o‘qituvchilar zimmasiga qator mas`uliyatlar yuklaydi o‘qituvchi bu jarayonda o‘quvchilarning grafik va orfografik ko‘nikmalarini yaxshi rivojlantirishga harakat qilmog‘i lozim. Grafik malakalari yaxshi rivojlanmagan o‘quvchilar yozuv jarayonida tovushni harfga aylantirish, harfni yozish, ularni bir - biriga ulashga keragidan ortiq vaqt sarflaydilar. Grafik malakalarsiz to‘g‘ri yozuvlar bo‘lishi mumkin emas. Bola qanchalik chiroyli yozsa, undagi yangi narsalarni o‘zlashtirishga qiziqish ortadi, o‘z ishiga sinchkovlik va diqqat bilan qaraydi, yozuvini kuzatib boradi. Yozuvni dastlabki vaqtlarda grafik jihatdangina kuzatsa, keyinchalik orfografik jihatdan ham kuzata boshlaydi.
Yozuv jarayonida yozuvni ifoda qilishning turli usullaridan foydalanish mumkin. Masalan; hoshiya chizdirish, doskaga chizdirish, havoda mashq qildirish kabilar.
O‘quvchilarni yozuvga o‘rgatishning muvaffaqiyatli natijasi bir qancha vositalarga bog‘liq bo‘lib, ularni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin:1-Texnik shartlar. 2-Ta`limiy shartlar.
Ta`limiy shartlar - o‘qituvchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shartlar majmuasidir; 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishning dastlabki haftalarida o‘qish va yozishga bo‘lgan qiziqishi kuchli bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mana shu qiziqishlarini so‘ndirnasdan maqsadga to‘g‘ri yo‘naltira bilishi zarur. Buning uchun bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini o‘rganish talab etiladi. 1-sinf o‘quvchisi harfni yozayotganda shu harfning qaysi elementlardan tuzilganini, bu elementlar qayerdan - qayergacha davom etishini, ularning chiziqlar orasida joylashuvini, harfning o‘lchamini o‘ylaydi.