Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari va amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati , nafaqat auditoriya mashg’ulotlari balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test orqali yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Ayrim mavzular bo’yicha tinglovchilar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
4.Kredit modul tizimi haqida Koronavirus pandemiyasi sharoitida inson hayotining barcha jabhasida misli koʻrilmagan oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Ushbu silsilalar koʻp yillik shakllangan qadriyatlar, anʼanalar va tamoyillarning “darz” ketishiga ham olib keldi. Xususan, nufuzli olimlar, xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan yaqin va oʻrta istiqbolda kurrai zamin taraqqiyotiga tahdid soladigan xavf-xatarlar boʻyicha berilgan prognoz koʻrsatkichlari oʻz tasdigʻini topmadi. Aksincha, ular qaytadan koʻrib chiqilayotir. Ammo shu narsa ayon: dunyo bir butunlikda harakat qilmas ekan, inson oʻta tahlikali vaziyat qurboniga aylanishi hech gap emas. Yagona najot yoʻli esa toʻplangan bilim, shakllangan koʻnikma va orttirilgan xulosalarni yagona maqsad sari yoʻnaltirish, ilm hamda tajribalarni samarali uygʻunlashtira olishdir.
Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. Taʼlim tizimi samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita taʼminlab beradi. Demak, ilgʻor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish oʻquv dargohlarida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim berish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda “respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish va oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish” belgilab berildi.
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʻquv yilining oʻzida 33 ta oliy taʼlim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi.
Xoʻsh, bundan koʻzlangan maqsad nima? Bugun va kelajak uchun mazkur mexanizm qay darajada foyda keltiradi? U yangi Oʻzbekistonning strategik maqsadlariga qanchalik mos?
quyida ana shu savollarga batafsil javob izlashga harakat qilamiz.