Kelishilgan


Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə67/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Boshlang’ich sinf darsliklari mazmuni va ularni takomillashtirish kursini o`qitishda darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, ma'ruza matnlari, elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo`llash, interfaol usullarni, ta'limiy vositalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish muhim ta'limiy ahamiyatga ega.


Ushbu majmua boshlang’ich sinf darsliklari mazmuni va ularni sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, tahlil qilish, xulosalash, oʻqitish usullari kabi masalalarni qamrab olgan.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi - tinglovchilarni boshlangʻich sinf darsliklari mazmuni va vazifalari, oʻqitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - boshlang’ich sinf darsliklari sohasi bo`yicha davlat ta'lim standarti va o`quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik qurilish bilan tanishtirish. O’qishdan o`quv materiali, bolalar kitoblarini, o`qishga o`rgatish uchun kerakli bo`lgan qo`shimcha adabiyotlardan foydalanishga o`rgatish. O`quvchilarni turli mavzuda suhbat o`tkazishishga, qayta hikoyalash va hikoya qilishga, bayon va ishno, ifodali o`qish, ijodiy ishlar, til materialini tahlil qilish kabi mashg`ulotlarga tayyorlash va uni o`tkazishish, ko`rgazma va texnik vositalardan foydalanib, o`quvchilarning bilish faoliyatini va mustaqilligini ta'minlashga o`rgatish.
2.Fan boʻyicha tinglovchilarning bilimi, koʻnikma va malakalariga qoʻyiladigan talablar
Tinglovchilardan darsliklar mazmuni ta’limning ajralmas qismi ekanligini anglash axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallash, o‘z kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlarni qabul qila olishi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Tinglovchi ushbu fan bo‘yicha har bir mavzuning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik, psixologik xususiyatlarini yorita olishi, o‘qitishning ilmiy asoslarini tahlil qilib borishi, metodik birlashmalarda umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunida fanning o‘rnini belgilay olishi va uning ilmiy muammolari bo‘yicha pedagogik o‘qishlarda ma’ruzalar o‘qishi, maktablarda differensial ta’limni yo‘lga qo‘ya olish malakasiga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
Shuningdek, tinglovchilar darslarni o`qitish metodikasi fanining bo`limlarini, ilmiy asoslarini, tamoyillarini, o`zaro bog`liq fanlarni, tekshirish metodlarini, ta'lim jarayonida qo`llanadigan metodlarni, dars tiplari va tarkibini, sinfdan tashhari o`qish metodikasini, o`qitishning asosiy usullarini, boshlang`ich sinflarda fanlarni o`qitish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo`lgan muammolarni, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi kerak.
Ta'lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish, o`quvchilarda ilmga qiziqish uyg`otish, aqliy sifatlarni rivojlantirish, darslarni mustaqil rejalashtirish ko`nikmalariga ega bo`lishlari kerak.
Tinglovchi kichik yoshdagi o`quvchilarning o’qishdan bilim, ko`nikma va malakalari darajasini o`rganish va baholash. o`quvchilarning nutqiy, imloviy va boshqa xatolarini tahlil qilish, guruhlash va kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakalariga ega bo`lishlari kerak.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin