Kelishilgan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə17/43
tarix16.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#156208
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
XIO Majmua

Do'mbiram kuyladi mening holimni,
Men jo'r bo'lib so 'kdim boyni-zolimni,
Topdim do 'sItar, shunda dardkashlarimni,
Haq-nohaqni kuylab chertgan kunlarim.
Baxshidan yozib olingan bu termalar uning hayoti haqida ma'lum bir tasavvur hosil qilish imkonini bera­di. Xususan, ular vositasida biz Fozil Yo'ldosh o'g'li­ning baxshilar davrasiga o'z-o'zidan qo'shilib qolma­ganini bilib olamiz. Baxshi uchun hayotni bilish, tur­mushning achchiq-chuchugini tatib ko'rish ham o'ziga xos tajriba maktabi bo'lgan. Bu maktabdan Fozil shoirning tuzukkina ta'lim olgani uning keyingi paytlar­da kuylagan terma va dostonlaridan ma'lum bo'ladi. Hatto, olimlarning ma'lumot berishlaricha, Fozil Yo'ldosh yigit bo'lib ulg'aygani sari chorvachilik, dehqonchilik sirlarini egallab borar ekan, hamyurtlari orasida Loyqa qishlog'ining eng epchil o'roqchisi nomi­ni olishga muyassar bo'ladi. Ammo vaqt o'tgani sari yoshligida chertishni o'rgangan do'mbira unga tinchlik bermadi. Qayta-qayta baxshilar davrasida ishtirok etish esa ko'p o'tmay o'z davrining eng mashhur ustoz baxshilaridan Yo'ldoshbulbulning e'tiborini o'ziga tortdi. U mohir san'atkordan doston aytish sirlarini egalladi. Albatta, havaskor doston ijrochisidan yetuk baxshi nomiga yetishishi undan katta mehnatni, ijodda o'tadi­gan uyqusiz tunlarni talab qilardi. Fozil baxshidagi iroda bu talablarga javob berish uchun yetarli quvvatga ega bo'ldi. Yosh ijrochi o'z ustozi va hamyurtlaridan qirq­dan ortiq dostonni o'rgandi, ijod etdi. Oxir oqibatda Yo'ldoshbulbul o'z shogirdi Fozil Yo'ldosh o'g'lini bax­shilikning katta sinovidan o'tkazdi. Fozildagi o'ta kuch­li xotira quvvati, mehnatni sevish, o'ziga talabchanlik bu sinovdan muvaffaqiyatli o'tish imkonini berdi.
Xalq baxshisi hamisha o'z elining dardini, alamini, tashvishlarini o'z ijodida aks ettirgan. Tinglovchi omma juda og'ir va musibatli zamonlarda aynan baxshi termalari­dan tasalli topgan, kelajakka umid bilan qaragan. Fozil Yo'ldosh o'g'li ham ana shunday baxshilardan edi. U atrof ishloqlarda mehnat qilib, 19 yoshida o'z ona qishlog'iga. qaytgach, baxshi bo'lib nom qozondi va elining dardini ter­malarda bayon etdi.
1898-1908 yillarda yurtimiz tarixida tabiiy ofat ro'y bergan edi. Ekin maydonlarining hammasini chigirtka bosdi. Bu fojiadan azobga tushgan baxshi hamyurtlari boshiga tushgan qiyinchiliklarni «Chigirtka» termasida bayon etdi. Qashshoqlik avjiga chiqqani sari baxshining nolasi ham chegara bilmadi:
Kambag'alning aqli shoshib,
O'g'il qiziman kengashib,
Kecha-kunduz zor yig'lashib
Do 'sItar, qaddi kamon bo 'ldi.

Aksiga olib, chor hokimiyatining zulmi ham oshib borardi. Xalqning tashvishiga tashvish qo'shilardi. Ko'p o'tmay Jizzaxda bosh ko'targan aholi to'pga tutildi. Bunday tashvishli voqealar Fozil shoirda yangi-yangi asarlar yaratish tuyg'usini paydo qildi. Uning «Mamatkarim polvon», «Jizzax qo'zg'oloni» kabi kichik hajmdagi doston­lari shu zaylda ijod qilindi:


O'z holiga qo 'ymay xalqni,
Qayta-qayta chiqim soldi...
Urushda bo'lgan xarajat,
Qaydan topib bersin elat?!
Hamma bo'lib qoldi hayron,
Nechovning vatani vayron.

«Jizzax qo'zg'oloni» dostonida Fozil shoir ko'rgan kechirgan azob-uqubatlarini oddiy xalq tilidan sodda va rayon tarzda ifoda etishga urindi. Ammo baxshi tomonidan doimiy ravishda aytilayotgan terma va dostonlar uning an'anaviy epik asarlarni ham to'lib-toshib ijro etishga xalaqit bermadi. U «Alpomish», «Yodgor», «Shirin bilan Shakar», «Murodxon», «Rustamxon», «Malikai ayyor», «Mashriqo», «Intizdr», «Balogardon», «Nurali», «Jahon­gir», «Farhod va Shirin» kabi qirqqa yaqin dostonni istagan paytda, tinglovchilar xohlagan o'rnidan ijro etaverish mahoratini egalladi. Ayniqsa, «Alpomish» dostoni uning eng sevgan va maroq bilan kuylagan san'at asari edi. Baxshi bu dostonni istagan hajmda soatlab, kunlab, haftalab aytishi mumkin edi. Chunki u ta'lim olgan Bulung'ur dostonchili­gi maktabi aynan ana shu qahramonlik eposini kuylash bilan shuhrat topgan edi. Dostondagi qahramonlik lavhalari bilan bir qatorda ruhiy kechinmalar ifodasi ham badiiy mukammallikka yetdi. Masalan, dostondagi Barchinning


Boychiborga rnurojaat qilib aytgan gaplari tinglovchilar qal­bida katta taassurot qolishiga sabab bo'lishga arzigulikdir:

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin