Keng polosali simsiz aloqa tizimlarining rivojlanishi


Wi-Fi texnologiyasining tahlili



Yüklə 309,73 Kb.
səhifə3/6
tarix20.09.2023
ölçüsü309,73 Kb.
#146208
1   2   3   4   5   6
Keng polosali simsiz aloqa tizimlarining rivojlanishi

24.3. Wi-Fi texnologiyasining tahlili


Wi-Fi texnologiyasi haqida axborotlar etarlicha ko‘pligini hisobga olgan holda, mazkur qo‘llanmada u qisqacha bayon etilgan. Shuningdek, WLAN sinfidagi texnologiyalarga alohida kitob bag‘ishlanishi rejalashtirilgan.


Wi-Fi (ingl. Wireles Fidelity – boshlanishida “simsiz aniqliq” deb ifodalangan) texnologiyasi deb Wi-Fi Allianse konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan WLAN sinfiga qarashli va IEEE institutining 802.11 standartlar turkumiga kirgan tizim hisoblanadi. Ushbu texnologiya yuqori sifatli ovoz yozish va eshitirish standarti Hi-Fi (ingl. High Fidelity - “yuqori aniqlik”) ga o‘xshatib nomlangan.
Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish simli tarmoqlar qurish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy tarafdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan joylarda tavsiya etiladi. Hozirgi vaqtda Wi-Fi tarmoqlari ham korporativ, ham hususiy foydalanuvchilar tomonidan keng ishlatilmoqda. Zamonaviy Wi-Fi tizimlarida ma’lumot uzatish tezligi muayyan sharoitlarda 600Mbit/seklargacha etadi. Wi-Fi tarmoqlarida aloqaning turg‘un va mobil rejimlari qo‘llab-quvvatlanadi. Abonent qabul qilgich / uzatkich uskunasi – “Wi-Fi adapteri” bilan jixozlangan mobil terminallar (cho‘ntak kompyuterlari, smartfonlar va noutbuklar) lokal tarmoqlarga va ulanish nuqtasi yoki “xot-spot” deb nomlangan nuqtalar orqali Internetga ulanishi mumkin.


24.3.1. Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi



Yuqorida aytib o‘tilganidek, WLAN sinfidagi tarmoqlarning yagona standarti ustida ishlar IEEE instituti qoshida yaratilgan 802.11 ishchi guruhi doirasida boshlangan edi. Wi-Fi texnologiyasining ilk namunasi 1991 yilda Nivegeyn shahrida (Niderlandiya) NCR Corporation/AT&T (keyinchalik Lucent va Agere Systems) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi. Uskuna dastlab kassa apparatlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan va bozorga WaveLAN nomida chiqarilgan edi. O‘shandayoq bu uskunalar 1 dan 2Mbit/sekgacha ma’lumot uzatish tezligini ta’minlay olardi. Wi-Fi texnologiyasini asosiy ishlab chiquvchisi - janob Vik Xeyz (Vic Hayes) “Wi-Fi otasi” degan nom oldi va keyingi IEEE 802.11b, 802.11a va 802.11g standartlarini ishlab chiqishda qatnashgan jamoaning a’zosi bo‘ldi [34].
1997 yilda IEEE 802.11 belgisini olgan birinchi Wi-Fi standarti paydo bo‘ldi. Bu standart radiochastota va infraqizil to‘lqinlarida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, 1 va 2 Mbit/sek ma’lumot uzatish tezliklarini taqdim etdi. Radiochastota kanalida chastotalarda sakrash (rus. pereskok) hisobiga spektrni kengaytirish (ingl. Frequency Hopping Spread Spectrum, FHSS ) va to‘g‘ri ketma-ketlik hisobiga spektrni kengaytirish (ingl. Direct Sequence Spread Spectrum, DSSS) usullari ishlatildi.
Ammo, xatto 1997 yil uchun ham 1 – 2Mbit/sek tezliklar etarli bo‘lmadi va 802.11 guruhi yangi yuqoriroq tezliklarni taqdim etadigan standartlarni ishlab chiqish ustida harakatlar boshladi. Bu vaqtga kelib ko‘plab davlatlarda Wi-Fi tarmoqlari uchun HTI tomonidan tavsiya etilgan 2400-2483,5MGs va 5150-5350MGs diapazonlaridagi polosalarga ruxsat berildi va har ikkala diapazonlarda standartlar yaratish ustida parallel ishlar olib borildi.
Dastlab 1999 yilning 16 sentyabirida 2,4GGs diapazoniga mo‘ljallangan va ma’lumot uzatish tezligini nazariy jihatdan 33Mbit/sekga oshirgan IEEE 802.11b standarti paydo bo‘ldi. Ishlatilgan asosiy modulyasiya/kodlash SSK (ingl. Complementary Code Keying) usuli 11 Mbit/sekgacha tezlikni ta’minladi va qo‘shimcha PBCC (ingl. Packet Binary Convolutional Coding) paketli binar o‘rashli kodlash (rus. svyortochnoe kodirovanie) usuli tezlikni 22 va 33Mbit/sek gacha oshirdi.
5GGs diapazoni uchun mo‘ljallangan IEEE 802.11a standarti “11b” versiyasidan keyinroq, ya’ni 1999 yilning sentyabrida, paydo bo‘lsa-da, lekin harakteristikalari bo‘yicha undan o‘zib ketdi. U 54Mbit/sek gacha ma’lumot uzatish tezligiga erishdi. Bunga o‘sha paytda prinsipial yangi bo‘lgan OFDM mexanizmidan foydalanish tufayli erishildi.
2003 yil iyunida IEEE 802.11b standartining takomillashtirilgan versiyasi - IEEE 802.11g paydo bo‘ldi. U “11b” ning chastota diapazonida ishlar edi, va “11a” ning tezligini (ya’ni 54 Mbit/sek) ta’minlar edi.
Nihoyat 2009 yilning 11 sentyabrida uzoq kutilgan IEEE 802.11n standarti dunyoga keldi. Uni paydo bo‘lishi Wi-Fi texnologiyalarida yangi “sakrash” bo‘ldi. “11n” standartida MIMO texnologiyasi, MAS-paketlarni agregatsiyalash usuli, 40MGs chastotalar polosasidan foydalanish kabi ko‘plab texnologik yangiliklar qo‘llanildi va birgalikda bu standartdagi yuqori ma’lumot uzatish tezligini ta’minladi (nazariy jihatdan 600Mbit/sek gacha). “11n” standarti avvalgi barcha standartlar (ya’ni, “a”, “b” va “g” versiyalari) bilan moslasha oladi va bugungi kunga kelib (2011 yilning boshi) dunyoda eng ko‘p tarqalgan Wi-Fi standarti bo‘lib qoldi [35].
Hozirgi vaqtda o‘zining xarakteristikalari bo‘yicha 4G texnologiyalari talablariga mos bo‘la oladigan standartning keyingi versiyasi, xususan IEEE 802.11ac standarti ustida ishlar olib borilmoqda.



Yüklə 309,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin