24.1.Keng polosali simsiz ulanish (KSU) texnologiyalari
Keng polosali simsiz ulanish (KSU) texnologiyalari infokommunikatsion texnologiyalarning nimsinfi hisoblanadi va bir-biridan olisdagi ikki va undan ortiq ob’ektlar oralig‘ida simli ulanishsiz axborot uzatish uchun ishlatiladi. Simsiz aloqa uchun radioto‘lqinlar, infraqizil, optik yoki lazerli nurlanishlar ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarga Wi-Fi, WiMAX, Bluetooth, RFID, ZigBee kabi “tijorat” nomlari bilan ma’lum bo‘lgan ko‘plab simsiz texnologiyalar mavjud. Ularni har biri o‘zining qo‘llanish sohasini aniqlaydigan ma’lum xarakteristikalar to‘plamlariga ega.
Keng polosali simsiz ulanish texnologiyalari simsiz va tarmoq texnologiyalari sinergiyasini na’munasi hisoblanadi va juda katta rivojlanish istiqboliga ega. Shu sabab keng polosali simsiz texnologiyalar tarixining boshlanishi deb, qaysidur ma’noda, ilk radioaloqa paydo bo‘lishini hisoblash mumkin. Ma’lumki, radioaloqaning birinchi omadli sinovlari 1893 yilda serb olimi Nikola Tesla, keyinchalik 1895 yilda A. S. Popov va Italiyalik Gulelmo Markoni (Guglielmo Marconi) tomonlaridan bir-birlaridan mustaqil ravishda amalga oshirildi. Bu kashfiyotlar birinchi marta simsiz axborot uzatish imkoniyatini ko‘rsatdi va bu bilan aloqa rivojlanishi tarixida yangi erani boshladi1. Keyin esa insoniyat qadamma–qadam simsiz aloqa va axborot uzatish tizimlarida yanada katta yutuqlarga erishdi, hususan:
XX asrning 20 yillarida amplitudaviy modulyasiyaning birinchi tijorat radiobloklari paydo bo‘ldi;
1933 yilda chastotaviy modulyasiyali radio kashf qilindi va televidenie paydo bo‘ldi;
1946 yilda AT&T va Bell Systems (AQSH) kompaniyalari bo‘lajak sotali tizimlarning timsoli bo‘lgan harakatdagi telefon aloqa tajriba tizimini (ingl. MTS) ishga tushirishdi;
70 yillarning oxirlarida sotali aloqaning birinchi avlod - 1G tizimlari ishga tushirildi;
1973 yilda lokal kompyuter tarmoqlarning birinchi protokoli - Ethernet ishlab chiqildi (keyinchalik u IEEE 802.3 statusini oldi);
80 yillarda ma’lumot uzatish bo‘yicha xarbiy tizim - ARPANET dastlab milliy, keyin esa halqaro miqyosdagi umumiy foydalanish tarmog‘i - INTERNET ga aylandi.
XX asrning 90 yillarining boshida ma’lumot uzatish tarmoqlariga keng polosali simsiz ulanish usulining birinchi ishlanmalari paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, simsiz (avvalom bor, sotali) texnologiyalar simli (tarmoq) texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi bilan chambarchas holda, hamda kompyuter va Internet texnologiyalarining ommaboplashishi tufayli xayotimizga uzluksiz holda kirib kelmoqda va, tezkor rivojlanib, o‘zlari ham yangi hizmatlar va uskunalar yaratalishiga zamin bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan simsiz texnologiyalarining lokal (WLAN), o‘rta va qisqa masofalardagi (WPAN) va shahar va tuman qo‘lamlaridagi (WMAN) tarmoqlarini rivojlanishi istiqbolli hisoblanadi.
Simsiz texnologiyalar standartlarini ishlab chiqishning boshlang‘ich nuqtasi sifatida 1989 yilda IEEE (Elektronika va elektrotexnika bo‘yicha muxandislar instituti) qoshida 802.11 ko‘mitasi tashkil etilishi hisoblanadi. Ko‘mita birinchi navbatda kichik (lokal) o‘lchamlardagi simsiz tarmoqlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi va shu asno Wi-Fi tizimlari paydo bo‘ldi. Ushbu g‘oya asta-sekin “so‘ngi milya” aloqasi va shahar hamda hududiy tarmoqlar uchun ham qo‘llana boshladi va bu o‘tgan asrning 90 yillarini oxirlarida IEEE 802.16 (WiMAX) standartlar guruhini paydo bo‘lishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda Wi-Fi va WiMAX tizimlari yanada ommabop bo‘lmoqda. Simsiz texnologiyalar foydalanuvchilarining eng o‘suvchi segmenti sifatida korporativ mijozlar (ya’ni, tashkilot ishchilari) bo‘lmoqdalar. Ma’lumotlarni simsiz uzatish hizmati muhim srategik vosita bo‘lib qolmoqda: u mexnat unumdorligini oshirmoqda (xizmatchilar korporativ axborotlarga har doim va har joyda ulana olishadi, yangiliklar haqida tezroq habardor bo‘lishadi), mijozlarga ko‘rsatilayatgan xizmatlar sifatini oshirmoqda (mijozlar talablarini tezroq qabul qilib, ularni tezroq qondirish mumkin) va raqobatli afzalliklarni yaratmoqda (axborot almashuvi tezligini oshirish va shu bilan qaror qabul qilish tezligini ham oshirish mumkin).
Simsiz texnologiyalarning rivojlanishida uy foydalanuvchilarining ahamiyati katta. Uy tarmog‘ida qancha ko‘p uskuna bo‘lsa, ularni bog‘laydigan simlar ham uyni shunchalik kuchli o‘rab oladi. Va bu simsiz texnologiyalarga o‘tishga sabab bo‘ladi. Zamonaviy uyning komfortlik (qulaylik) darajasini oshirish, ya’ni uning barcha tuzilmalari va ob’ektlarini (kompyuterlar, televizor, raqamli fotokamera, uy musiqiy markazi, qo‘riqlash tizimi, iqlim tizimi, maishiy texnika va boshqalar) bir tizimga birlashtirish – bu “aqlli uy” g‘oyasining asosidir va bunda simsiz texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bu erda shuni ta’kidlab ketish zarurki, keng polosali simsiz texnologiyalarning rivojlanishi axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini yanada dolzarb qiladi. Simsiz tarmoqlar ishlatilganda asosiy tahdidlar xabarlarni, parollarni, kredit kartochkalar nomerlarini ilib olish, to‘langan ulanish vaqtini o‘g‘irlash, kommunikatsion markazlar ishiga aralashish va boshqalar hisoblanadi. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish jarayonida hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |