Odatda, Wi-Fi tarmog‘ining tuzilmasi kamida bitta ulanish nuqtasi (UN) va kamida bitta abonent uskunasi – Wi-Fi adapterdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, UN ishlatilmaganda ikkita adapterni “nuqta-nuqta” rejimida ulash mumkin va bunda abonent uskunalari bir biri bilan Wi-Fi-adapterlar orqali “to‘g‘ridan – to‘g‘ri” ulanadi. Ulanish nuqtasi o‘z tarmoq identifikatorini (ingl. Service Set Identifier, SSID) maxsus signalli paketlar yordamida har bir 100 ms da 0,1Mbit/sek tezlikda uzatadi (demak, Wi-Fi tizimlari uchun ma’lumot uzatish tezligining eng kichik ko‘rsatkichi 0,1Mbit/sekhisoblanadi ). Tarmoq SSID sini bilgan adapter bu UN ga ulanish mumkinligini aniqlashi mumkin. Bir xil SSID li ikkita UN ning ta’sir etish zonasiga tushganda adapter signal darajasiga asoslanib ulardan birini tanlashi mumkin. Wi-Fi standarti abonent uskunasiga UN bilan ulanish va «rouming» uchun mezonlarni tanlashda to‘la erkinlikni beradi.
24.5. Tarmoqning asosiy elementlari
Simsiz tarmoqni qurish uchun Wi-Fi-adapterlar va ulanish nuqtalari ishlatiladi.
Adapter (24.4-rasm) PCI, PCMCIA, Compact Flash kengaytirish slotlari va USB 2.0 porti orqali ulanadigan uskuna hisoblanadi.Wi-Fi-adapter simli tarmoqdagi tarmoq kartasi (rus. setevaya karta) kabi funksiyalarni bajaradi, ya’ni foydalanuvchi kompyuterini simsiz tarmoqqa ulash uchun xizmat qiladi.
Intel ning Centrino platformasi tufayli barcha zamonaviy noutbuklar ko‘plab Wi-Fi standartlari bilan moslasha oladigan adapterlar bilan jixozlangan. Wi-Fi-adapterlari bilan hozirgi kunda barcha zamonaviy KPK (cho‘ntak personal kompyuterlari) va smartfonlar ham jihozlangan va bu ham o‘z o‘rnida texnologiyani ommaviy bo‘lishiga hizmat qiladi.
24.4-rasm. Wi-Fi-adapterlar
Simsiz tarmoq tashkil etish uchun Wi-Fi-adapter boshqa adapterlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishi ham mumkin. Bunday tarmoq “bir darajali” yoki “Ad Hoc” (ingl-n.“ushbu holat uchun”) deyiladi. Adapter shuningdek, UN orqali aloqa o‘rnatishi ham mumkin, u holda bunday rejim “infratuzilmali” deyiladi. Ulash uslubini tanlash uchun adapter Ad Nos yoki infratuzilmali rejimlardan biriga sozlanishi kerak.
Ulanish nuqtasi deb (24.5-rasm) ichiga o‘rnatilgan mikrokompyuter va qabul qilgich/uzatkichdan iborat bo‘lgan avtonom modul nomlanadi.
Ulanish nuqtasi orqali adapterlar orasida simsiz axborot almashuvi va o‘zaro hamkorligi, shuningdek, tarmoqning simli segmenti bilan aloqa amalga oshiriladi. Shunday qilib, ulanish nuqtasi kommutator rolini o‘ynaydi. UN tarmoq interfeysiga (ingl. uplink port ) ega va uni yordamida u oddiy simli tarmoqlarga ulanishi mumkin. Aynan mana shu interfeys orqali UN ni sozlash ham mumkin. UN ham abonentlar (Wi-Fi-adapter) bilan ulanish uchun (tayanch rejim), ham simsiz taqsimlangan tarmoq - WDS (ingl-n Wireless Distributed System) yaratish maqsadida boshqa UN lar bilan ulanish uchun ishlatilishi mumkin. O‘z navbatida WDS rejimi “nuqta – nuqta”, “nuqta – ko‘p nuqta”, “simsiz klient” va “takrorlagich” turlaridagi aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi.
24.5-rasm. Ulanish nuqtasi
Tarmoqqa ulanish efirga keng qamrovli signallarni uzatish yo‘li bilan ta’minlanadi. Bunda Wi-Fi-adapter bir necha UN lar qamrov zonasida bo‘lib, ulardan signallar olishi mumkin. Adapter olinadigan signallarni filtrlash va ulardan o‘ziga tegishli UN ni ajratishi uchun xizmat ko‘rsatish zonasi identifikatori SSID (ingl-n Service Set IDentification) dan foydalanadi. Xizmat ko‘rsatish guruhi (ingl. Service Set - SS) deb simsiz tarmoqda ulanishni ta’minlaydigan (odatda, Ad Hoc rejimida) mantiqiy guruhlantirilgan uskunalar aytiladi. Tayanch xizmat ko‘rsatish guruhi deb (ingl. Basic Service Set, BSS) UN lar orqali bir-birlari bilan bog‘langan abonent stansiyalari to‘plami aytiladi. Bunda ikki rejim ajratiladi: bevosita BSS va ESS (ingl. Extended Servise Set). BSS rejimida barcha tarmoq tugunlari faqat bitta UN orqali o‘zaro ulanishlari mumkin. Bunda UN, shuningdek, tashqi tarmoqlar bilan ko‘prik rolini ham bajarishi mumkin. Kengaytirilgan - ESS rejimida esa simsiz tarmoq bir necha BSS-tarmoqlar infratuzilmadan tashkil topgan bo‘lib, UN lar bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishadi va bu bir BSS dan boshqasiga trafik uzatish imkoniyatini beradi. Bunda UN larni o‘zaro ulanishi kabel liniyalari yoki radioko‘priklar orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |