Keng polosali simsiz aloqa tizimlarining rivojlanishi


Xavfsizlikni ta’minlash masalalari



Yüklə 309,73 Kb.
səhifə6/6
tarix20.09.2023
ölçüsü309,73 Kb.
#146208
1   2   3   4   5   6
Keng polosali simsiz aloqa tizimlarining rivojlanishi

24.5.2. Xavfsizlikni ta’minlash masalalari



Simsiz texnologiyalar uchun axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari juda muxim hisoblansada, birinchi Wi-Fi standartlari zaif ximoya tizimlariga ega bo‘lgan yoki umuman ega bo‘lmagan. Bunga sabab dastlab mazkur texnologiyalarning bunchalik ommaviylashishi va muvofiq ravishda xavfsizlik muammolarining bunday keskin bo‘lishi kutilmaganligidir. Birinchi WEP (ingl. Wired Equivalent Privacy – simli tarmoqlardagi xavfsizlik darajasiga teng) shifrlash protokoli 1999 yilda joriy etilgan va “11b” standartida ishlatilgan edi. WEP protokoli simmetrik (uzatkich va qabul qilgichda bir xil) statik (o‘zgarmaydigan) 64 bit uzunlikdagi kalitlarni (aslida 40 bitlik kalitga, 24 bitlik initsializatsiya vektori qo‘shiladi) ishlatadi va bu kalitlarni birma-bir tanlash yo‘li bilan bir necha sekundlarda aniqlab olish mumkin. Bunday zaiflik WEP yordamidagi shifrlashni samarasiz qildi. WEP protokolida dinamik (o‘zgaruvchan) shifrlash kalitlaridan foydalanish ham muammoni faqat qismangina hal etdi. Shuning uchun WEP zaifligini to‘liq tuzatish uchun kalitni va shifrlash algoritmini kuchaytirish talab etildi.
Bu maqsadda IEEE ning standartlar bo‘yicha qo‘mitasi Wi-Fi texnologiyasi uchun xavfsizlik tizimini yangitdan ishlab chiqishga qaror qildi. Natijada 2004 yilning iyunida Wi-Fi Alliance guruhi tomonidan ishlab chiqilgan, shuningdek WPA-2 protokoli sifatida ma’lum bo‘lgan yangi IEEE 802.11i standarti paydo bo‘ldi [37]. IEEE 802.11i standarti simsiz tarmoqlarning xavfsizligi uchun uzoq muddatli va kengaytirilgan echim hisoblanadi va WEP kamchiliklaridan holi bo‘lgan tamomila yangi xavfsizlik tizimi deb ataladi. IEEE 802.11i standarti simsiz uskunalar xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ta’minlashni ko‘zda tutgan “kuchaytirilgan tarmoq xavfsizligi” - RSN (ingl-n Robust Sekurity Network) konsepsiyasini ishlatadi. Bu esa apparat qismida va dasturiy ta’minotda o‘zgarishlarni talab qiladi va shu bilan RSN ga to‘liq moslashadigan tarmoqlarni WEP protokolini ishlatadigan mavjud jixozlar bilan moslashmaydigan qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bir qancha vaqt ham RSN, ham WEP jixozlari qo‘llab quvvatlanadi, keyinchalik esa WEP li uskunalar ishlatishdan umuman chiqarib tashlanadi.



1 Infineon Technologies AG – Solutions – GSM / GPRS / DECT (http://www.infineon.com/).



Yüklə 309,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin