24.2. Keng polosali simsiz texnologiyalarni klassifikatsiyasi (sinflarga bo‘lish) bo‘yicha yondashuvlar
Simsiz texnologiyalar nazariyasida ularni sinflarga bo‘lishda turli yondashuvlar mavjud. Jumladan, raqamli va analog, tor va keng polosali texnologiyalar ajratiladi. Bu ajratishlarga aniqlik kiritish uchun bir qancha tushuntirishlarni keltiramiz.
Raqamli texnologiyalar xaqida gap ketganda ko‘pincha signal ham raqamli (diskret) shaklga ega bo‘lishi tushuniladi. Bu tushuncha ko‘proq simli tarmoqlar uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Simsiz tarmoqlarda esa “ raqamli” belgisi radiokanal orqali uzatiladigan axborotlarga tegishli, ammo radiosignalni o‘zi esa haliham garmonika shaklidagi modulyasiyalangan analog signali bo‘ladi.
Tor va keng polosali tizimlar orasidagi farqni ham oson aniqlab bo‘lmaydi (ular orasidagi chegaraham texnologiyalar rivojlangan sari yuqoriga siljimoqda). Shuningdek, bu belgiga nisbatan ham simli va simsiz texnologiyalarda qabul qilingan tushunchalar orasida farq kuzatiladi. Masalan, simli tarmoq texnologiyalarida ma’lumotni tor polosada (ingl. baseband) uzatish deganda raqamli uzatish shakli tushuniladi (ya’ni, diskret elektr yoki optik impulslar vositasi bilan). Va aksincha, keng polosa (ingl. broadband) sifatida elektron yoki optik to‘lqinlarni ishlatadigan analog kanallar nazarda tutiladi. Simsiz tarmoqlarda nazariy qabul qilinishicha, ishchi polosasining kengligi F bu polosaning markaziy chastotasi fc dan ancha kam (ya’ni, F/fc << 1) bo‘lgan tizim tor polosali hisoblanadi. Aks holda, tizim keng polosali hisoblanadi. Amalda esa hozirgi vaqtda 1,25MGs dan 40MGs gacha kenglikdagi kanallarni ishlatadigan texnologiyalar keng polosali tizimlar turkumiga kiritiladi. Shuningdek, keng polosali texnologiyalar yuqori ma’lumot uzatish tezligini (1Mbit/sekdan past emas ) ta’minlaydi. Mazkur qo‘llanmada keng polosali simsiz raqamli tizimlar sinfiga kiradigan texnologiyalar yoritiladi va ularni sinflarga bo‘lishda ko‘pincha quyidagi yondashuvlar ishlatiladi:
1. Aloqaning uzoqligi bo‘yicha tarmoqlar quyidagi sinflarga ajratiladi:
Bir necha detsimetrlardan bir necha dekametrlargacha radioqamrovga ega simsiz personal tarmoqlar (ingl. Wireless Rersonal Area Networks - WPAN). Periferiya uskunalari, turli hisoblagichlar, xabarchilar (rus. datchik) va boshqalar bilan aloqa uchun mo‘ljallangan. Bu texnologiyalar misollari: Bluetooth, RFID, ZigBee lardir.
Bir necha yuzlab metrlargacha ta’sir etish radiusili simsiz lokal tarmoqlar (ingl. Wireless Local Area Networks - WLAN). Ular ofis (tashkilot) ichidagi (ba’zan ofislararo) aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Ular qatoriga Wi-Fi, DECT, Femto-sota kabi texnologiyalarni qo‘shish mumkin.
Bir necha, hatto o‘nlab kilometrlargacha qamrov radiusiga ega shahar (hudud) ko‘lamidagi simsiz tarmoqlar (ingl. Wireless Metropolitan Area Networks - WMAN). Yirik shahar atrofida yoki tumanlarda xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlarni yaratish uchun mo‘ljallangan tizimlar. Ular sifatida WiMAX va WiBro texnologiyalari, sotali va tranking, shuningdek radio va teleuzatish tizimlari misol bo‘lishi mumkin (4.1-rasmga qarang).
24.1-rasm. Aloqaning uzatish bo‘yicha simsiz texnologiyalarning sinflarga bo‘linishi
Shuningdek, ba’zan global ko‘lamdagi simsiz tarmoqlar (ingl. Wireles World wide Area Networs - WWAN)ham alohida ajratiladi. Ular qatoriga avvalom bor yo‘ldoshli aloqa tizimlari, shuningdek “global rouming” tufayli sotali aloqa tizimlari ham kiritiladi.
2. Tarmoqlar topologiyasi bo‘yicha quyidagi ulanish rejimlari ajratiladi:
tarmoqning ikki tuguni bevosita ulanadigan “nuqta - nuqta” rejimi.
bir ulanish nuqtasi (tayanch stansiya) ko‘p sonli abonent uskunalari bilan ulanadigan “ nuqta – ko‘p nuqta” rejimi (4.2–rasmga qarang, mos ravishda a) va b)).
a)
b)
24.2–rasm. Tarmoq topologiyasi bo‘yicha simsiz texnologiyalarning sinflarga bo‘linishi
3. Qo‘llanish turi bo‘yicha simsiz tarmoqlar quyidagilarga bo‘linadi:
o‘z zaruratlari uchun tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan yaratiladigan korporativ tarmoqlar.
tijorat xizmatlarini ko‘rsatish uchun aloqa operatorlari tomonidan yaratiladigan tarmoqlar.
4. Shuningdek qisqa va sig‘imli klassifikator sifatida KSU texnologiyalarning ikki eng muxim xarakteristikalarini bir vaqtda taqqoslab ko‘rsatish ham mumkin. Bular quyidagilardir:
ma’lumot uzatishning maksimal tezligi;
maksimal aloqa uzoqligi. (24.3-rasmga qarang).
24.3-rasm. Ma’lumotlarni uzatish tezligi va aloqaning uzoqligi bo‘yicha simsiz texnologiyalarning sinflarga bo‘linishi
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, keng polosali simsiz aloqa tizimlarini sinflarga bo‘lishga yondashuvlarda (boshqa murakkab va rivojlanayotgan tizimlardagi kabi) klassifikatsiya mezonlarining o‘zi ham bir xil emasligini va o‘zgaruvchanligini hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |