Wi-Fi texnologiyasining asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
zamonaviy tarmoqlarning tezligi ancha yuqori (300Mbit/sek va undanxam yuqori) bo‘lib, bu juda keng masalalarda ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Wi-Fi standartlarining ochiqligi turli ishlab chiqaruvchilar jihozlarining o‘zaro moslashuvini ta’minlaydi, natijada jihozlarni narxini kamaytirishga olib keladi.
Wi-Fi texnologiyasi kabel o‘rnatish samarali bo‘lmagan yoki xatto mumkin bo‘lmagan joylarda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi;
tarmoqlarni kabel o‘tkazmay yaratish imkoniyati ularni qurish va kengaytirishga sarflanadigan harajatlarni kamaytirishga olib keladi.
tarmoqlarni tezkor ravishda tashkil qilish imkoniyati masofali konferensiyalar o‘tkazishda yoki ofisdan tashqarida ishlashda juda qo‘l keladi;
ulanish nuqtalari orasida abonent uskunalarining harakatlanish imkoniyatini beradigan “rouming” xizmatini qo‘llab-quvvatlanishi;
global darajada yagona standartlashtirishning mavjudligi tufayli butun dunyo bo‘ylab turli davlatlarda Wi-Fi jihozlarining ishlatilishi imkoniyati.
Wi-Fi texnologiyasining kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Wi-Fi tizimlari cheklangan ishlash radiusiga ega. (oddiy uy Wi-Fi marshrutizatori 802.11b yoki 802.11g standartida binoni ichida 45 m gacha va bino tashqarisida 90 m gacha ishlash radiusiga ega).
real vaqt masshtabida ishlaydigan ilovalar uchun kam yaroqliligi (masalan, IP-telefonida qo‘llaniladigan RTP protokoli uchun). Media oqimning sifatini oldindan aytib bo‘lmaydi chunki foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lmagan qator omillar sababli (atmosfera halaqitlari, landshaft va foydalanilgan chastotalar) ma’lumot uzatishda ko‘p yo‘qotishlar bo‘lishi mumkin.
hatto bexato konfiguratsiyada ham WEP shifrlash algoritmi buzilishi nisbatan oson (shifrlash kalitining kuchsizligi tufayli). YAngi abonent uskunalari takomillashtirilgan WPA-2 shifrlash protokolini qo‘llab-quvvatlasada, ko‘plab eski UN lar uni “tan olmaydi” va WEP ga almashtirilishini talab qiladi.
chastota diapazonlari va ishlash bo‘yicha cheklashlar turli davlatlarda bir xil emas (masalan, Evropadagi bir qancha ajratilgan chastotaviy kanallar AQSH da ta’qiqlangan. Italiyada va ko‘plab Evropa hamda MDH davlatlarida bino tashqarisida ishlaydigan barcha Wi-Fi tarmoqlarni yoki bevosita Wi-Fi operatorlarni qayd qilish talab qilinadi).
turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari orasida to‘liq moslashuv yo‘qligi yoki ularni standartga to‘liq muvofiq emasligi tufayli ulanish imkoniyatlari cheklanishi yoki aloqa tezligi kamayishi mumkin.
bir hil kanalda yoki qo‘shni kanallarda ishlaganda yopiq yoki shifrlashni ishlatadigan UN va ochiq UN signallarining ustma-ust tushishi ochiq UN ga halaqit kilishi mumkin (bu muammo UN larning katta zichligida, masalan, katta ko‘p xonadonli uylarda vujudga kelishi mumkin).
boshqa standartlarga qaraganda ko‘proq energiya iste’mol qilinishi batareyalarning ishlash vaqtini kamaytiradi va uskunaning xaroratini oshiradi.