O'rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo'yicha boshlang'ich matn belgilarining matnning ma'lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o'rinlari almashtiriladi.
Almashtirish shifrlash usuli bo'yicha boshlangich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtirilali.
Gammalashtirish usuli bo'yicha boshlang'ich matn belgilari shifrlash gammasi belgilari, ya'ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi.
Taxliliy o'zgartirish usuli bo'yicha boshlang'ich matn belgilari analitik formulalar yordamida o'zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko'paytirish yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo'lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi.
O'rinlarni almashtirish usullari Ushbu usul eng oddiy va eng kadimiy usuldir. O'rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- shifrlovchi jadval;
- sehrli kvadrat.
Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo'llaniladi:
- jadval o'lchovlari;
- so'z yoki so'zlar ketma-ketligi;
- jadval tarkibi xususiyatlari.
Misol.
Quyidagi matn berilgan bo'lsin:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Ushbu axborot ustun bo'yicha ketma - ket jadvalga kiritiladi:
K
L
A
L
I
Y
T
A
A
Y
A
L
D
U
D
R
Yo
Sh
L
A
R
R
T
R
M
I
S
I
Natijada, 4x7 o'lchovli jadval tashkil qilinadi.
Endi shifrlangan matn qatorlar bo'yicha aniqlanadi, ya'ni o'zimiz uchun 4 tadan belgilarni ajratib yozamiz.
KLAL IYTA AYAL DUDR YoShLA RRTR MISI
Bu yerda kalit sifatida jadval o'lchovlari xizmat qiladi.