Trepel va diatomit - cho‘kindi tog‘ jinslari bo‘lib, asosan amorf shakldagi kremnezyomdan tashkil topgan. Bular issiqlik izolyasiyasi materiallari, engil g‘isht va toshlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Qo‘shimchalar. Giltuproq va undan tayyorlanadigan keramik buyumlarni kerakli xossalarga ega bo‘lishini ta’minlash uchun keramik buyumlar ishlab chiqarishda giltuproqqa har xil qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Plastiklikni kamaytiradigan qo‘shimchalar– Keramik buyumlarni quritish va pishirishda kirishishini kamaytirish uchun, buyumlarda deformatsiya va yoriqlar bo‘lishini oldini olish uchun ishlatiladi. Bu qo‘shimchalarga degidratlangan giltuproq, shamot, shlaklar, kul, kvars qum kiradi.
Degidratlangan gil - oddiy giltuproqni 700-750 da qizdirish yo‘li bilan olinadi. Bu haroratlarda giltuproq kimyoviy birikkan suvni va plastiklik xususiyatini yo‘qotadi.
SHamot - o‘tga chidamli va qiyin eriydigan giltuproqlarni 1000-14000S da kuydirib, maydalash yo‘li bilan olinadi (zarrachalarning o‘lchami 0,16-2 mm). SHamot keramik buyumlarni quritish va pishirish davomidagi xossalariga yaxshi ta’sir qiladi, shuning uchun yuqori sifatli buyumlar, pardozbop g‘isht, o‘tga chidamli buyumlar olishda ishlatiladi.
Qum - (zarrachalar o‘lchami 0,5-2 mm)–10-25% miqdorida qo‘shiladi.
Plastiklikni kamaytiradigan qo‘shimchalar sifatida donali domna shlaklari va kul ham ishlatiladi.
Plastiklikni oshiradigan qo‘shimchalar – kam plastikli giltuproqlardan buyumlar tayyorlaganda ularning xossalarini yaxshilash uchun ishlatiladi. Bularga yuqori darajada plastik giltuproq, bentonit hamda aktiv yuzali moddalar - sulfit - spirt bardasi (SSB) va h.k. kiradi.
G‘ovak hosil qiladigan qo‘shimchalar. Bular g‘ovakligi katta bo‘lgan va issiq o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lgan engil keramik buyumlar olish uchun ishlatiladi. Bu maqsadda pishirish davomida o‘zidan gaz ajratib chiqaradigan moddalar (masalan bur, dolomit kabilar SO2 gazini ajratadi), yoki yonadigan qo‘shimchalar ishlatiladi.