Keramporit ishlab chiqarish texnologiyasi. Keramporit olishdagi asosiy xomashyo bu qumoq tuproq bo’lib, 70-80% ni tashkil etadi va ularga qo’shimcha sifatida Keles va Darvoza konlarida joylashgan montmorillionit loylari va 10% gacha Angren ko’miri qo’shiladi.
Toshkent arxitektura qurilish institutining “Yig’ma temir-beton ishlab chiqarish” kafedrasida professor Botvina L.M. va uning shogirdlari tomonidan Respublika xomashyo bazasi asosida sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
Shular jumlasidan, barxan qumlaridan foydalanib olingan g’ovak to’ldiruvchilar, keramporit-O’rta Osiyo mintaqasida joylashgan qumoq tuproqlar asosida olinadigan sun’iy g’ovak to’ldiruvchi, kamporit-tog’ bag’ri atrofidagi tuf va datsit porfirlari asosida, karboporit-dolomit va dolomitsimon oxaktosh chiqindilari asosida olinadigan sun’iy g’ovak to’ldiruvchilardir.
Barxan qumi asosida olinadigan g’ovak to’ldiruvchiga asosiy xomashyo sifati Qoraqolpog’iston Respublikasida Taxiatash, Qiziljar va To’rtko’l konlaridagi barxan qumlaridir. Plastiklovchi qo’shimcha sifatida Qoraqolpog’iston Respublikasida Beshtepa konida joylashgan bentonit loylaridan foydalanilgan.
Engil g’ovak to’ldiruvchi olinishi uchun 60-70% barxan qumi 20-30% Beshtepa loyi plastiklovchi bog’lovchi sifatida va g’ovak hosil qilish uchun 5-10% Angren ko’miri ishlatiladi. Zarrachalarni qizdirib qovushtirish texnologiyasi keramzitni olish texnologiyasi bilan bir xil.
3-jadval
№
Ko’rsatkich
Qizdirish darajasi 1180-12000S
1.
Zichligi, kg/m3
710-810
2
Mustahkamligi, MPa
1,1-2,3
3
Suv shimuvchanligi, (%):
1 soatdan keyin
48 soatdan keyin
17-29
21-24,9
4
To’ldiruvchi markasi
750-800
Barxan qumlari asosida yirik g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarishni quyidagi texnologiya asosida tashkil qilish mumkin.
Bentonit loyi va ko’mir tasmali transportyorda maydalab yanchiydigan bo’limga jo’natiladi. Kelayotgan loy maydalanadi. Ko’mirni ham bolg’ali maydalagichdan o’tkaziladi. Kerakli bo’laklardan tarozi tarelkalari orqali komponentlar namlab, aralashtirgichga berilib, teshikli bulg’alagichga jo’natiladi.
Hosil bo’lgan donachalar kuydirish uchun aylanma pechlarga uzatiladi. 1180-12000S 30 minut davomida ular pishiriladi va sovutgichlar orqali tayyorlash mahsulotlar bunkeriga yuboriladi.
Rasm-18. Barxan qumlari asosida olinadigan engil g’ovak to’ldiruvchilar olish texnologiyasi
Rasm-19. Qumoq tuproq asosida g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi (Keramporit)