Kesarcha kesish — ko’rsatmalar, kamchilik va afzalliklari, asoratlari, tavsiyalar Kesarcha kesish


Kesarcha kesishning afzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə8/9
tarix01.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#50819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kesarcha kesish(2)

Kesarcha kesishning afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari

  • Klinik jihatdan tor chanoqqa ega bo’lgan ayollarda nisbatan xavfsiz tug’ish;

  • Tabiiy tug’ish onaning yoki bolaning sog’lig’iga / hayotiga tahdid soladigan hollarda kesarcha kesishning ziyoni mumkin bo’lgan asoratlar ziyonidan ancha past;

  • Qin cho’zilmaydi, epiziotomiya tufayli oraliqqa choklar qo’yilmaydi, shuning uchun jinsiy hayot bilan bog’liq muammo yuzaga kelmaydi;

  • Gemorroy va tos a’zolarining tushishidan qochish imkoni;

  • Tug’ruq yo’llaridan o’tayotganda bolaning boshi deformatsiyalanishi ehtimoli bo’lmaydi.

Kamchiliklari

  • Onaning qorin bo’shlig’i infektsiyalanishi ehtimoli;

  • Ayrim hollarda jiddiy, shu jumladan hayot uchun xavfli asoratlar ehtimoli tabiiy tug’ruqqa qaraganda taxminan 10 marta yuqori;

  • Ayrim hollarda laktatsiya jarayonining boshlanishi qiyinligi;

  • Kesarcha kesishdan qolgan bachadon chandig’i, sodir bo’lgan va keyingi tug’ish (agar rejalashtirilayotgan bo’lsa) o’rtasida uzoq muddatli tanaffusga ehtiyoj tug’diradi, chunki keyingi tug’ruqdagi to’lg’oqda bachadon mushak qatlamining qisqarishi shu daraja kuchli bo’ladiki, ba’zi holatlarda (statistik ma’lumotlarga ko’ra 1-2 foiz) chandiq bardosh bera olmaydi va ochilib ketadi. Ushbu muammoni hal qilish mumkin, buning uchun shifokor kesarcha kesish o’tkazilganidan keyin darhol bachadonning kesilgan joyi tezroq bitib ketishi uchun terapiyani boshlashi kerak. Ya’ni, keyingi homiladorlik uchun, sodir bo’lgan tug’ruqning dastlabki soatlaridan boshlab choralar ko’rish zarur bo’ladi.

  • Tabiiy tug’ruq fiziologik jarayonining «tugallanmaganligi» sababli onada psixozlar rivojlanishi bilan bog’liq stresslar ehtimoli;

  • Homila qiz bo’lganida onaning vaginal mikroflorasi bolaga o’tmasligi, bunday mikroflora qizlarda vulvovaginit rivojlanish ehtimoli kamaytiradi;

  • Kesarcha kesish bilan tug’ilgan bolalarda astma2-toifa diabet kasalligi (1-toifa tug’ma patologiya bo’lgani uchun) rivojlanishi ehtimoli yuqori bo’ladi, ichak mikroflorasi farq qiladi. The Times of India xabariga ko’ra, sichqon misolida olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijalari kesarcha kesish orqali tug’ilgan bola organizmining himoya funktsiyasi (immuniteti) pasayishini ko’rsatgan, chunki tug’ilish paytida ona organizmidagi ichak bakteriyalari bilan aloqa bo’lmaydi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin