Kesarcha kesish uchun ko’rsatmalar
Kesarcha kesishga ko’rsatma absolyut va nisbiy bo’ladi. Ma’lum sabablarga ko’ra operatsiya o’tkazmasdan bo’lmaydigan va tabiiy tug’ruq hatto muhokama qilinmaydigan ko’rsatmalar absolyut sanaladi. Nisbiy ko’rsatmalarda ma’lum bir tanlov bo’lishi mumkin, bunga onaning o’z xohishiga ko’ra talab qilishi ham kiradi.
Operatsiyani o’tkazish esa o’z navbatida rejalashtirilgan va favqulodda bo’lishi mumkin.
Rejalashtirilgan kesarcha kesish
Rejalashtirilgan kesarcha kesish (KK) operatsiyasi — ko’rsatma tug’ruqqacha belgilanadigan amaliyotdir. Xuddi shu toifaga xohish bo’yicha kesarcha kesish ham kiradi. Rejali KK`da kesish gorizontal ravishda amalga oshiriladi. Ko’rsatmalarga:
Ayol chanog’ining o’lchami va bolaning kattaligi mos kelmasligi;
Yo’ldoshning ko’ndalang joylashuvi — yo’ldosh bachadon bo’yni ustida joylashgan bo’lib, chaqaloqning chiqish yo’lini to’sib qo’yadi.
Tabiiy tug’ishga xalaqit beradigan mexanik to’siqlar, masalan, bachadon sohasida mioma;
Bachadon yorilishi tahdidi (oldingi tug’ruqdan qolgan bachadon chandig’i);
Homiladorlik bilan bog’liq bo’lmagan kasalliklar, bunda tabiiy tug’ruq onaning salomatligiga tahdid soladi (yurak-tomir tizimi, asab tizimi, buyrak kasalliklari, onkologik kasalliklar, anamnezda ichki to’r pardaning ajralishi mavjud bo’lsa);
Tug’ruq davomida ona hayotiga tahdid soluvchi homiladorlik asoratlari (og’ir gestoz — eklampsiya);
Homilaning ko’ndalang yoki tosli joylashuvi;
Ko’p homilalik;
Homiladorlikning oxirida genital gerpes (bolaning jinsiy yo’llar bilan aloqada bo’lishini oldini olish zarurati).
Dostları ilə paylaş: |