Keyingi tahrirga qarang



Yüklə 39,32 Kb.
səhifə1/5
tarix17.04.2023
ölçüsü39,32 Kb.
#99434
  1   2   3   4   5
4-mavzu


AVTOMOBIL YONILG‘ISI QUYISH SHOXOBCHALARINING ISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA RESPUBLIKA ISTE’MOLCHILARINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASHNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qaroriga muvofiq respublika xalq xo‘jaligini va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni tartibga solish, ularni sotishda qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish Tartibi 1-ilovaga muvofiq;
neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziyaning Namunaviy shakli 2-ilovaga muvofiq;
xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan Namunaviy shartnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash vakolati berilsin.
Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika kompleksi vakolatli organlar tomonidan neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishini va ularning to‘g‘ri berilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zdavstandart” markazi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda 3 kun muddatda:
ko‘rsatib o‘tilgan Tartibni o‘zlarining barcha tarkibiy tuzilmalariga va avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga yetkazsinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mutasaddi o‘rinbosarlari boshchiligida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil etsinlar, ularning tarkibiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa tegishli vazirliklar va idoralar viloyat bo‘linmalari vakillarini kiritsinlar.
Hududiy ishchi guruhlari 1998-yil 1-oktabrgacha barcha avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xatlovdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasinlar hamda yuqorida ko‘rsatilgan Tartib (1-ilova) talablariga muvofiq har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt, shu jumladan xorijiy va qo‘shma korxona bo‘yicha litsenziyalar berish to‘g‘risida qaror qabul qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz neft mahsulotlari sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyat turini amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qo‘yiladi, ularga yuqoridagi miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi;
xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari faqat ular bilan neft mahsulotlari bilan ta’minlash korxonasi o‘rtasida belgilangan shaklda (3-ilova) tuzilgan shartnoma asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining qurilishi faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan kelishilgan ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ish tartibi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bo‘linmalari bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar kiritish;
xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablag‘larini avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining ta’sis konferensiyalarini tayyorlasinlar va o‘tkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda ko‘maklashsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
* 4-ilova berilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablag‘lar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilg‘isi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ichki ishlar organlari va bo‘linmalarining mas’uliyatini oshirsin.
10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi “Litsenziya 5 yil muddatga” so‘zlaridan keyin “neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha esa 3 yil muddatga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

Yüklə 39,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin